Jeyms Alan Robinson | |
---|---|
inglizcha: James Alan Robinson | |
![]() | |
Tavalludi |
27-fevral 1960-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Sohasi | iqtisodiyot |
Ish joylari |
Xarris nomidagi jamoat siyosati maktabi Harvard Kennedy School Berkeley universiteti Janubiy Kaliforniya universiteti Melburn universiteti Chikago universiteti Massachusetts texnologiya instituti |
Taʼlimi |
London School of Economics (BSc 1982-yil) Warwick universiteti (M.A. 1986-yil) Yale universiteti (PhD. 1993-yil) |
Ilmiy darajasi | Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) |
Ilmiy unvoni | Professor |
Akademik rahbarlari | Truman Bewley |
Veb-sayt | voices.uchicago.edu/jamesrobinson |
James Alan Robinson (talaffuzi: Jeyms Alan Robinson; 1960-yil 27-fevral) — britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos. 2015-yildan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori[1][2], shuningdek, maktabning global mojarolarni oʻrganish va hal qilish boʻyicha Pearson institutining direktoridir[3]. Olim 2004—2015-yillarda Harvard universitetida dars bergan, bundan tashqari Kaliforniya, Janubiy Kaliforniya va Melburn universitetlarida ham faoliyat yuritgan.
Olim asosan qiyosiy-iqtisodiy tahlil va uzoq davrlardagi siyosiy taraqqiyot, jumladan, Janubiy Amerika va Janubiy Sahroi Kabirdagi jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Daron Acemoglu (talaffuzi: Daron Ajemoʻgʻli) bilan hammualliflikda „Diktatura va demokratiyaning iqtisodiy manbalari“ (2006), „Mamlakatlar tanazzuli sabablari“ (2012) va „Tor koridor“ (2019) kabi kitoblarni yozishgan[4].
© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search