10 results found for: “KAROL_G”.

Request time (Page generated in 0.2356 seconds.)

Karol Shimanovskiy

Karol Matsey Shimanovskiy, polyakcha: Karol Maciej Szymanowski (1882. 6.10, Timoshovka, Ukraina — 1937. 29.3, Lozanna) — polyak kompozitori, pianinochi...

Last Update: 2023-05-15T16:25:51Z Word Count : 244

View Rich Text Page View Plain Text Page

Anuel AA

sifatida oʻz mavqeini mustahkamladi. 2019-yil avgust oyida u Daddy Yankee, Karol G, Ozuna va J Balvin bilan hamkorlikda yaratgan „China“ qoʻshigʻini chiqardi...

Last Update: 2022-09-14T14:20:00Z Word Count : 837

View Rich Text Page View Plain Text Page

Vashkivtsi

Kanadaning yigirma toʻrtinchi general-gubernatori Rey Xnatishynning otasi. Tina Karol, ukrainalik qoʻshiqchi va qoʻshiq yozuvchisi, 2006-yilgi Evrovidenie qoʻshiq...

Last Update: 2023-05-18T11:17:20Z Word Count : 202

View Rich Text Page View Plain Text Page

Ruminiya

1926-yil chet elga badargʻa qilingan taxt vorisi Karol 1930-yil mamlakatga qaytib keldi va Karol II nomi bilan taxtga chiqdi. 1931-yil „Temir gvardiya“...

Last Update: 2024-07-02T17:38:25Z Word Count : 2542

View Rich Text Page View Plain Text Page

YouTube

Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar. „Maluma“. YouTube Music. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar. „Karol G“. YouTube Music. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar. „Drake“. YouTube Music. Qaraldi: 2023-yil...

Last Update: 2024-06-13T10:22:36Z Word Count : 3043

View Rich Text Page View Plain Text Page

Kylie Jenner

„Lista completa de ganadores de Premios Juventud 2020: Bad Bunny, J Balvin, Karol G, Anuel y más“. Univision. Univision (13-avgust 2020-yil). Qaraldi: 4-noyabr...

Last Update: 2023-06-29T21:18:32Z Word Count : 924

View Rich Text Page View Plain Text Page

Saryan Martiros

„Ulitsa. Polden“ 1911-yil „Armiyanka s sazom“ 1915-yil „Skazka“ 1904-yil „Karol s docheryu“ 1904-yil „Kometa“ 1907-yil „Vecher v gorax“ 1907-yil. Sotsialistik...

Last Update: 2024-07-25T11:59:34Z Word Count : 402

View Rich Text Page View Plain Text Page

Khepresh

kiyimi N-qizil toj Pschent — Quyi va Yuqori Misrning qoʻsh toji e.g. Myśliwiec, Karol, Eros on the Nile, Cornell University Press 2004, p.14 Kuhrt, Amélie...

Last Update: 2022-08-25T15:41:35Z Word Count : 429

View Rich Text Page View Plain Text Page

Doja Cat

Qaraldi: 29–may 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () „Karol G & J Balvin Lead 2021 Latin American Music Awards Nominations“. Billboard...

Last Update: 2024-08-10T04:09:17Z Word Count : 1689

View Rich Text Page View Plain Text Page

Test kartasi F

duchor boʻlgan mashhur tasviriga aylandi. Kartochkada markazdagi rasmda Karol Xerse masxaraboz qoʻgʻirchoq bilan oʻynab, turli xil kulrang shkalalar va...

Last Update: 2024-02-17T16:52:29Z Word Count : 1123

View Rich Text Page View Plain Text Page

Main result

Karol Shimanovskiy

Karol Matsey Shimanovskiy, polyakcha: Karol Maciej Szymanowski (1882. 6.10, Timoshovka, Ukraina — 1937. 29.3, Lozanna) — polyak kompozitori, pianinochi, musiqajamoat arbobi, zamonaviy milliy kompozitorlik maktabi asoschisi, musiqiy oriyentalizmning yirik namoyandasi. Sanʼatkorlar oilasida tugʻilib, bolaligidan otasi, soʻng togʻasi (G.V.Neygauz)dan fortepiano saboqlarini olgan, 8 yoshida ilk ommabop konsert bergan. 1901-yildan Varshavada yashab, kompozitsiya va nazariy fanlardan taʼlim olgan, 1905-yil "Yosh Polsha" kompozitorlari safiga qoʻshilgan. Keyinchalik Avstriya va Germaniyada tahsil koʻrish jarayoni Sh. ijodiy uslubiga salbiy (milliylashish oʻrniga — nemislashish yoʻsinida) taʼsir koʻrsatgan. Ijodiy inqirozdan qutulish maqsadida Jazoir, Tunis va boshqalar Sharq mamlakatlariga yoʻl olib, ommaviydiniy marosim kuy va usullarini yozib olgan. Avvallari ham sharqona mavzularga ("Zulayho" qoʻshigʻi, "Hofizning ishqiy qoʻshiqlari" turkumi) murojaat qilib kelgan Sh., safardan qaytgach, "Hofizning ishqiy qoʻshiqlari — II", R.Tagor sheʼrlariga va "Ehtirosli muazzin qoʻshiqlari" vokal turkumlarini yaratdi ("Allohu akbar" deb nomlangan ilk qismida musiqiy oriyentalizmni teranlashtirib, taqlid manbaiga usluban tenglashishga muyassar boʻlgan). Kompozitorning sharqona asarlarining eng yetuk namunasi — Jaloliddin Rumiyning "Imshab" ("Bu kecha") radifli gʻazali asosida — yakkaxon xonanda, xor va simfonik orkestr uchun yaratgan "Tun haqidagi qoʻshiq" nomli 3-simfoniyasi (1914) dir. Sh., shuningdek, "Xagit" (1922), "Qirol Roger" (1926) operalari, "Xarnasi" (1934) baleti, qator diniy asarlar (mashhuri — "Stabat mater"), cholgʻu konsertlar, oʻnlab kamer turkumlar (ular orasida "Shahrizoda"), bir qancha ilmiy maqolalar va "Efeb" romani muallifi. Musiqiy romantizm va impressionizm tamoyillari, Uygʻonish davri musiqa unsurlari hamda milliy folklor janrlaridan ijodiy foydalanib, oʻziga xos musiqa uslubini yaratgan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search