Anarxizm

Anarxizm (yun. anarchia — hokimiyatsizlik, beboshlik) — rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimot. Antik dunyo zamonidayoq anarxizmga xos fikr yuritish alomatlari boʻlgan, qadimgi xristianlikda diniy shaklda, keyinchalik oʻrta asrlar mazhablarida ham uchraydi. Lekin ilmiy nazariya sifatida anarxizm keyin pay-do boʻlgan. Nemis faylasufi K. Shmidt (Shtirner), fransuz olimi P. Prudon, rossiyalik M. Bakunin uning nazariyotchilari hisoblanadi. Anarxizm baʼzi oʻrinlarda liberalizm bilan chatishib ketadi, har qanday davlat hokimiyatini yoʻqotishni va ishlab chiqaruvchilar uyushmalarining federatsiyasini tuzishni yoqlaydi.

Anarxizm an’anaviy kuch tuzilmalari g’oyalariga qarshi chiqadi va ularni savol ostiga oladi. Faylasuf Tomas Hobbs o’zining “Leviafan” asarida anarxist jamiyatlarni leviafani bor markazlashgan davlatga qarama-qarshi ibora sifatida ishlatadi.

Hozirda teoriyadagi anarxist davlatlar yo’q. Lekin ayrim davlatlarda, masalan, Livan, Nigeriya, Kurdiston hududlari, Meksika, Kongo davlatlarida anarxizmning ayrim elementlarini ko’ramiz.

Anarxizmning individualist anarxizm, anarxosindikalizm, anarxizm-kommunizm kabi turlari mavjud.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search