Andijon (shahar)

Andijon
viloyat markazi
40°42′0″N 72°21′0″E / 40.70000°N 72.35000°E / 40.70000; 72.35000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
Hukumat
G‘ofurjon Abdurahmonov
Asos solingan 1876-yilda
Ilk eslatilishi IX
Avvalgi nomlari Andukon, Andigon
Maydon 76 km2 (29 kv mi)
Iqlim turi Iyulning oʻrtacha harorati 27-28, yanvarniki – 3 daraja
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Aholisi
 (2023-yil)
468 100
Zichligi 5750 kishi/km2
Milliy tarkib oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 74
Pochta indeks(lar)i 170100
Avtomobil kodi 60-69
AndijonAndijon shahri xaritada
AndijonAndijon shahri
AndijonAndijon shahri

Andijon — Oʻzbekistonning Andijon viloyatida joylashgan shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqiy qismida, Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulda oʻrtacha harorat 27— 28 °C, yanvar oyida esa — 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search