Arabiston dengizi

Arabiston dengizi
Koordinatalari 14°N 65°E / 14°N 65°E / 14; 65
Eng katta kengligi 2 400 m
Yuzasi 3 862 000 km2
Eng katta chuqurligi 4 652 m

Arabiston dengizi — Hind okeanining shimolidagi chekka dengiz. Hindiston va Arabiston yarim orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 4832 ming km². Oʻrtacha chuq. 2734 m. Eng chuqur joyi 5803 m. Yirik qoʻltiqlari — Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv temperaturasi fevralda shimolda 22° dan janubida 27° gacha, avgustda 24 — 27°. Shoʻrlik darajasi 35,8 — 36,5‰. Oqimlar qishda soat mili harakati boʻyicha, yozda gʻarbdan sharqqa yoʻnaladi. Arabiston dengizida dyugan, uchar baliqlar, tunes, seld va boshqa koʻp tarqalgan. Asosiy portlari: Bombay, Ka-rochi, Adan, Kolombo.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search