Atom

Geliy atomi
Geliy atomi fundamental holatida.
Geliy atomi fundamental holatida.
Geliy atomi illustratsiyasi, unda yadro (pushti) va elektron buluti tarqalishi (qora) tasvirlangan. Geliy-4 yadrosi (tepada oʻngda) sferik simmetrik boʻlib, elektron bulutiga oʻxshaydi, biroq murakkab yadrolar bunday boʻlmasligi mumkin. Qora chiziq uzunligi — bir angstrom (10−10 m yoki 100 pm).
Tasnifi
Kimyoviy unsur eng kichik boʻlagi
Xossalari
Massasi: 1.67×10−27 dan 4.52×10−25 kg gacha
Elektr zaryadi: nol (neytral) yoki ion zaryadi
Diametri: 62 pm (He) dan 520 pm (Cs) gacha
Tarkibi: Proton va neytronlardan iborat ixcham yadro va elektronlar

Atom (qadimgi yunoncha: ἄτομος — atomos — boʻlinmas) — kimyoviy elementning barcha xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki „boʻlinmas“ nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat zaryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Atom markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida oʻlchovlari (~ 10~8 sm) atom oʻlchovlarini ifodalaydigan elektron qobiqlarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. Atom yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (atomdagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning davriy tizimidagi tartib raqamiga teng. Atom elektronlarni tutib olib yoki berib, manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Atomning kimyoviy xossalari asosan tashqi qobikdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qoʻshilib, atomlar molekulalar hosil qiladi. Atomning ichki energiyasi uning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya maʼlum (diskret) qiymatlarga ega boʻlishi va u sakrashsimon kvant oʻtishlardagina oʻzgarishi mumkin. Maʼlum qiymatdagi energiyani yutib, atom qoʻzgʻalgan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga oʻtadi. Atom foton chiqarib, qoʻzgʻalgan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi)ga oʻtadi. Atomning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat zaryadli massiv yadro joylashgan, yadro atrofida — Ze elektronlar aylanadi. Atomning deyarli hamma massasi yadroda toʻplangan. qolganlari esa qoʻzgʻalgan sathlar deyiladi.atom tuzilishi haqidagi fan („Atom fizikasi“ „Yadro fizikasi“, „Elementar zarralar fizikasi“ va boshqa yoʻnalishlar) nazariyasi ancha murakkab boʻlib, fizikaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga tayanadi[1].

Atamani yunon faylasufi Demokrit miloddan avvalgi V asrda kiritgan.

  • Hamma jismlar, shu jumladan oʻzimiz ham, atomlar deb ataluvchi juda mayda „gʻishtchalar“ dan iborat. Tabiatda kimyoviy elementlar qancha boʻlsa, bunday „gʻishtchalar“ turlari shuncha boʻladi. Kimyoviy element — ayni bir turdagi atomlar toʻplami.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search