Bangkok

Bangkok
กรุงเทพมหานคร
Krung Thep Maha Nakhon
Maxsus maʼmuriy hudud
Markazda Bangkok muhri tushirilgan yashil toʻrtburchak bayroq
Official seal of Bangkok
Nickname(s): 
Farishtalar shahri, Katta Mango
Map
Map
Map
Koordinatalari: 13°45′09″N 100°29′39″E / 13.75250°N 100.49417°E / 13.75250; 100.49417
Davalt Tailand
Hudud Markaziy Tailand
Asos solingan XV asr
Asos solingan Qirol Rama I
Boshqaruv organi Bangkok Metropolitan maʼmuriyati
Hukumat
 • Turi Maxsus maʼmuriy hudud
 • Gubernator Chadchart Sittipunt
Hudud
 • Metro
7 761,6 km2 (3 000 sq mi)
Balandligi
1,5 m (49 ft)
Aholisi
 (2010)
 • Maxsus maʼmuriy hudud 8 305 218
Vaqt mintaqasi UTC+07:00 (AKT)
Pochta kodi
10###
Hudud kodi 02
ISO 3166 kodi TH-10
Veb-sayt main.bangkok.go.th

Bangkok yoki Krung Thep Maha Nakhon — Tailand poytaxti. Mamlakatning janubida, Menamchao-Praya daryosining chap sohilida (oʻng sohilida Bangkokning bir qismi — Tonburi joylashgan). Aholisi 8,2 mln. kishi (2010). Koʻpchiligi siyomliklar, qisman xitoylar. Bangkok mamlakatning eng katta shahri, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik tashqi savdo porti, xalqaro miqyosdagi aeroport bor. Bangkokda mamlakat sanoat korxonalarining yarmidan koʻpi, jumladan eng yirik kemasozlik, taxta tilish, qogʻoz, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, toʻqimachilik fabrikalari, metallsozlik, mashinasozlik, badiiy hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Shahar atrofida sement, neftni qayta ishlash, traktor va avtomobil yigʻuv zavodlari bor. Sholi oqlash poytaxt sanoatining asosiy tarmogʻidir. Mamlakatning 75% eksporti va 90% importi Bangkok orqali oʻtadi. Universitet (1917), ijtimoiy fanlar universiteti, tasviriy sanʼat universiteti, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, politexnika institutlari, radiostansiyalar va telemarkaz, milliy muzey, kutubxonalar, oʻnlab teatr va kinoteatrlar bor. Bangkokning markaziy qismida qirol qarorgohi, asosiy maʼmuriy va hukumat binolari, saroylar, budda ibodatxonalari joylashgan. Tailandning qadimiy poytaxti Ayutiya shahri Birma qoʻshinlari tomonidan (1767) buzilgandan keyin qirol qarorgohi 1769-yil Bangkokga koʻchirildi va 1782-yil Bangkok rasman poytaxt deb eʼlon qilindi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search