Beliz

Beliz
ShiorSub umbra floreo
Lotincha: Soya ostida rivojlanaman
Madhiya: Land of the Free
Location of Beliz
Poytaxt Belmopan
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdoʻstlik
• Qirol
Karl III
Froyla Tzalam
Johnny Briceño
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
21-sentabr 1981
Maydon
• Butun
22,966 km2 (151-oʻrin)
• Suv (%)
0.7
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
279,457 (179-oʻrin)
• Zichlik 12/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,778 mil. (185-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$6,362
Pul birligi Belize Dollar (BZD)
Vaqt mintaqasi UTC–6
• Yoz (DST)
UTC–6
Qisqartma BH
Telefon prefiksi 501
Internet domeni .bz


Beliz (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan yarim orolning janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 22 966 km². Aholisi 434 098 kishi (2024): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — Belmopan shahri Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search