Bering dengizi

Bering dengizi
Bering dengizi -
Joylashuvi Rossiya/AQSh
Koordinatalari 60.0428/-178.8575
Eng katta uzunligi 2400
Yuzasi 2 260 000 — 2 310 000[1]
Oʻrtacha chuqurligi 1640[1]
Eng katta chuqurligi 4151/4420[1]
Suv hajmi 3 690 000 — 3 800 000[1]

Bering dengizi — Tinch okean shimolidagi yarim berk dengiz. Tinch okeanidan Aleut, Komandor orollari ajratib turadi. Maydoni 2315 ming km². Eng chuqur joyi 5500 m, shimolida 200 m.dan kam. Kirgʻoqlarining aksari qismi baland va tik yon bagʻirli qoyalardan iborat. Buxta va qoʻltiq koʻp. Eng katta qoʻltiqlari: Anadir, Olyutorka (RF sohilida), Norton, Bristol (Alaska, AQSH). Bering dengizida SanLavrentiy, Karaga, Pribilov, Nunivak va boshqa juda koʻp orollar bor. Bering dengizi — Uzoq Sharqdagi eng yirik geosinklinal dengiz. Tubining qariyb yarmi kontinental shelfdan iborat. Bir necha tizma va ular orasida chuqur botiqlar bor. Materik yon bagʻri nisbatan tik. Suv osti kanʼonlari uchraydi. Tektonik parchalanish kuchli. Choʻkindilar materik yon bagʻrida asosan terrigen jinslardan iborat, shuningdek vulkanogen jinslar ham bor. Botiklarda choʻkindilar qalinligi 2,5 km ga stali. Bering dengizining chuqur qismi Yer poʻstining subokean tipiga mansub. Fevralda havoning urtacha temperaturasi shimolda —23°, janubda 0° dan —4° gacha, avgustda shimolda 5°, janubda 10°. Yiliga shimolda 200-400 mm, jan.da 1500 mm yogʻin tushadi. Anadir va Olyutorka qoʻltiqlari qariyb toʻqqiz oy muzlaydi. Anadir va Yukon daryolari quyiladi. Suvining shoʻrligi 30—33‰. Bering dengizi da baliq, morj, dengiz mushugi, tyulen ovlanadi. Qirgʻoqlari va orollarida qushlar bozori bor. Asosiy portlari: Provideniya (RF), Nom (AQSH). Dengiz V. Bering nomiga qoʻyilgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Шунтов 2001.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search