Imlo

Imlo (arab. – toʻgʻri yozish), orfografiya – soʻz va gaplarning, soʻz qismlarining fafika vositalari yordamida toʻgʻri yozilishi; muayyan tildagi toʻgʻri yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va uning morfologik tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh harflarni toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va boshqa bevosita yozuv bilan bogʻliq boʻladi. Shu bois Imlo qoidalari vaziyatga koʻra oʻzgarib ham turadi. Kirill yozuvidagi oʻzbek adabiy tilining Imlo qoidalari 1940-yildan shakllana boshlagan boʻlsa, 1956-yilda. Oʻzbek adabiy tilida fonetik, morfologik, tarixiy-etimologik Imlo qoidalari amal qiladi. Fonetik yozuv Imlo qoidalariga muvofiq ayrim soʻzlarning oʻzak va qoʻshimchalaridagi oʻzgarishlar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yoziladi (koʻk+ga=koʻkka, bogʻ+ga=boqqa, buloq + ga=buloqqa va boshqalar). Morfologik [1]

Orfografiya, aytilganidek, toʻgʻri yozish qonun-qoidalarini oʻrganadi. Buning asosini imlo toʻgʻrisidagi qoida tashkil etadi. Lotin yozuviga oʻtilgandan keyin bu yozuvda ham imlo toʻgʻrisidagi qoida qabul qilish ehtiyoji tugʻildi va u 1995-yil 24-avgustda tasdiqlandi. Hozirgi qoidalar tizimi 7 boʻlim, 82 paragrafdan iborat. Quyida faqat 31-paragrafdan keyingisini keltiramiz.

31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:

  • baland,Samarqand, poyezd; doʻst, artist, gʻisht kabi soʻzlarda d, t baʼzan aytilmasa ham yoziladi;
  • metall, kilogramm, kilovatt, kongress, kabi o'zlashma so'zlar oxirida bir undosh aytilsa ham ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, so'z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar=metallar, kilogramm+mi=kilogrami kabi;

32. ʼ-tutuq belgisi;

  • aʼlo, baʼzan, maʼyus, taʼzim; raʼy, taʼb; eʼlon, eʼtibor, eʼtiqod, meʼmor, neʼmat, sheʼr, feʼl; Nu’mon, shu’la kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan keyin shu unli tovushning choʻziqroq aytilishini ifodalash uchun qoʻyiladi; moʻjiza, moʻtadil, moʻtabar, kabi soʻzlarda oʻ unlisi choʻziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qoʻyilmaydi;
  • inʼom, sanʼat, qatʼiy, mas’ul kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qoʻyiladi.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search