Islomobod

Islomobod
اسلام‌آباد
Nickname(s): 
Isloo, Yashil shahar
Davlat  Pokiston
Adm. Birlik Islomobod poytaxti hududi
Tashkil topgan 1960
Hudud
 • Poytaxt 220,15 km2 (90 sq mi)
 • Urbanizatsiya
220,15 km2 (90 sq mi)
 • Metro
906,50 km2 (400 sq mi)
Balandligi
490 m (1 600 ft)
Aholisi
 (2023)[1]
 • Poytaxt 1 108 872
 • Zichligi 00 050/km2 (0 013/sq mi)
Vaqt mintaqasi UTC+05:00 (PKT)
Postcode
44000
Hudud kodi 051
Veb-sayt ictadministration.gov.pk

Islomobod – Pokistonning poytaxti, mamlakatning shimoli-sharqida Himolay togʻlari etagida Potvar platosidagi vodiyda 550 m balandlikda joylashgan. Iqlim sharoiti juda qulay, iyulda eng yuqori temperatura 39°, yanvarda eng past temperatura 3° ga yetadi.

Islomobod maʼmuriy jihatdan markaziy hukumat tomonidan boshqariladigan federal poytaxt okrugi. Aholisi 529,2 ming kishi (1998). Xalqaro aeroport bor. Oziqovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Islomobodni qurish toʻgʻrisidagi qaror 1959-yilda qabul qilingan. Shaharni qurish 1961-yildan, avval poytaxt boʻlib turgan Ravalpindi shahridan 28 km narida boshlandi. Islomobod mahalliy meʼmoriy xususiyatlar bilan uygʻunlashtirilgan. Shaqar muntazam rejaga ega va zonalarga boʻlingan. Islomobodda Atom energiyasi instituti, Islomshunoslik instituti, Milliy kutubxona bor[2].

  1. „Announcement of Results of 7th Population and Housing Census-2023“. Pakistan Bureau of Statistics (www.pbs.gov.pk) (2023-yil 5-avgust). 2023-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search