Korrupsiyani idrok etish indeksi

2021-yilgi korrupsiyani idrok etish indeksiga koʻra mamlakatlar va hududlar oʻsish tartibida koʻrsatilgan xarita
  89 dan yuqori ball
  80 dan 89 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  70 dan 79 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  60 dan 69 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  50 dan 59 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  40 dan 49 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  30 dan 39 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  20 dan 29 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  10 dan 19 gacha oraliqdagi yoki shu sonlarga teng ball
  10 dan past ball
  Maʼlumotlar mavjud emas

Korrupsiyani idrok etish indeksi (CPI) „mutaxassislar baholashlari va fikr soʻrovlari asosida aniqlangan davlat sektoridagi[1] korrupsiya darajasi boʻyicha“ mamlakatlar reytingini belgilovchi indeksdir[2]. CPI odatda korrupsiyani „shaxsiy manfaatlar uchun ishonib topshirilgan vakolatni suiisteʼmol qilish“ deb taʼriflaydi[3]. Indeks 1995-yildan beri Transparency International nohukumat tashkiloti tomonidan har yili chop etiladi[4].

2022-yil yanvar oyida chop etilgan 2021-yilgi CPI 2020-yil 1-maydan 2021-yil 30-aprelgacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi vaziyat asosida 180 ta davlatga „100 (juda toza) dan 0 (oʻta korrupsiyalashgan) shkalasi boʻyicha“ oʻrin berib chiqqan[5]. Daniya, Yangi Zelandiya, Finlandiya, Singapur hamda Shvetsiya dunyodagi eng kam korrupsiyaga uchragan davlatlar sifatida qabul qilinadi va xalqaro moliyaviy shaffoflik reytingida doimiy ravishda yuqori oʻrinlarda turadi, eng yuqori korrupsiyaga uchragan davlatlar esa Suriya, Somali (ikkalasi 13 ball) va Janubiy Sudandir (11 ball)[6].

  1. „Corruption Perception Index“. transparency.org. Qaraldi: 28-yanvar 2020-yil.
  2. Transparency International. „Corruption Perceptions Index“. Transparency International. Transparency International (2011). 2011-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2011-yil.
  3. CPI 2010: Long methodological brief, p. 2
  4. „1995 - CPI“ (inglizcha). Transparency.org. Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
  5. „Corruption Perceptions Index 2021“. Transparency International.
  6. „CPI 2021“. Transparency International. Qaraldi: 25-yanvar 2022-yil.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search