Qandahor

Qandahor

  • کندهار
  • قندهار
shahar
31°37′12″N 65°42′57″E / 31.62000°N 65.71583°E / 31.62000; 65.71583
Mamlakat Afgʻoniston
viloyat Qandahor viloyati
Hukumat
 • hokim Muhammadyusuf Vafo
Maydon 27,337 km2 (10,555 kv mi)
Aholisi
 (2021-yil)
651,484[1]
Zichligi 2383 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Qandahor xaritada
Qandahor
Qandahor

Qandahor — Afgʻonistonning janubidagi shahar, Hindukush togʻlariningining gʻarbiy etagida. Qandahor viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 651 484 kishi (2021)[1]. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatiga ega. Mamlakat janubi va gʻarbidagi muhim bogʻdorchilik va chorvachilik rayonining savdo markazi. Gilam, qorakoʻl teri, koʻn va hokazo bilan savdo qilinadi. Toʻqimachidik fabrikasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.

Qandahor — qadimiy shahar. 1213-asrlarda yirik savdo markazi boʻlgan. 13-asrda moʻgʻullar bosib olgan. 14-asr oxiridan Amir Temur va Temuriylar saltanati qoʻl ostida boʻlgan. 1617-asrlarda Qandahorni egallash uchun Eron shohlari sulolasi Safaviylar bilan Boburiylar oʻrtasida kurash boʻlgan. 17-asr oʻrtalaridan Safaviylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1709-yilda Qandahor aholisi Safaviylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi oqibatida shaharda Gilzoyi hokimligi vujudga keldi. 1738-yilda Qandahorni Eron shohi Nodirshoh Afshor bosib olib vayron qilgan. Keyinroq sal nariroqda oʻz nomi bilan ataladigan Nodirobod shahriga asos solgan. Buzilgan shaharni Ahmadshoh Durroniy qayta tiklab Ahmadshoh deb atagan va 17731774 yillarda Durroniylar davlati poytaxti boʻlgan. 18181855 yillarda Qandahor hokimligining markazi. 1855-yilda shaharni afgʻon amiri Doʻstmuhammadxon egallagan va Afgʻon davlati tarkibiga kiritgan.

Meʼmoriy yodgorliklardan Ahmadshoh maqbarasi va boshqa 18-asrga oid yodgorliklar saqlangan.

  1. 1,0 1,1 „Estimated Population of Afghanistan 2021-22“. National Statistic and Information Authority (NSIA) (2021-yil aprel). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search