Qoraqalpoqlar

Qoraqalpoqlar
Oʻz nomi qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqlar, қарақалпақлар
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni

Jami: 708 000 ~
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston:
708,8 ming (2017-yil hisobi)

 Qoraqalpogʻiston 650 000

Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 60 000

TURKMANISTON 50 000

Rossiya bayrogʻi Rossiya 4466 (2010 yil)
Til Qoraqalpoqcha
Dini Islom sunniy
Irqiy turi Mongoloid irqi
Tegishli Turkiy xalq
Oʻxshash xalqlar Qozoqlar, Noʻgʻaylar, Qirgʻizlar,
Kelib chiqishi Oʻgʻuzlar, qipchoqlar, mangʻitlar, qoʻngʻirot (qabila)

Qoraqalpoqlar – Markaziy Osiyodagi turkiy xalq; qipchoq hududlaridan oʻrislar tomonidan siqib chiqarilgach Janubiy Rossiyadan Janubiy Orol boʻyigacha boʻlgan hududlarda yashagan. Janubiy Orol boʻyida IX-XI asrlarda xalq sifatida shakllangan.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Fargʻona, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qoʻshni Turkmaniston, Qozogʻistonda, Rossiyada, Afgʻonistonda, Eronda bir necha minglab yashaydi. Qoraqalpoq tilida soʻzlashadi. Dindorlari – sunniy musulmonlar.

Milodiy II asr oxiri – IV asrlarda Orol boʻyi choʻllariga Sharqdan hunlar, VI-VIII asrlarda esa turkiylar kelib mahalliy oʻtroq xorazmiylar va koʻchmanchi sak-massaget qabilalari bilan qisman aralashib ketgan. Mana shu etnik asosda Orol boʻyi ilk oʻrta asr xalqlari – bijanaqlar va oʻgʻuzlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhitida VIII-X asrlarda qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan. Qoraqalpoq xaqlining shakllanishida IX-XI asrlarda shakllangan pecheneglar bilan bogʻliq boʻlgan. Qoraqalpoqlarning xalq sifatida aniq va toʻliq shakllanishi XI-XVI asrlarga toʻgʻri keladi[1].

  1. Камал Мамбетов. Қарақалпақлар тарийхы. Нөкис. «Қарақалпақстан» 1993.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search