Qrim Muxtor Respublikasi

Qrim Muxtor Respublikasi
ukr. Автономна Республіка Крим
qrimtatar. Qırım Muhtar Cumhuriyeti
Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Mamlakat

Ukraina Ukraina

Madhiya:

Нивы и горы твои волшебны, Родина

Mavqe

Ukrainadagi muxtor respublika

Tarkibida

14 tuman, 16 shahar, 56 posyolka, 950 qishloq

Maʼmuriy markazi

Simferopol

Yirik shaharlari

Simferopol, Kerch, Yevpatoriya, Yalta, Feodosiya

Qachon tuzilgan

12-fevral 1991

Bosh vazir

Sergey Aksyonov

QMR oliy kengashi raisi

Vladimir Konstantinov

Rasmiy tili

ukraincha — davlat, ruscha va qrimtatarcha — rasmiy

Aholisi (2013)

1 967 119 kishi

Zichlik

75,42 kishi/km²

Milliy tarkibi

ruslar, ukrainlar, qrimtatarlar

Diniy tarkibi

pravoslaviye, islom

Maydoni

26 081 km²
(13- oʻrin)

Qrim Muxtor Respublikasi xaritasi

Vaqt mintaqasi

EET (UTC+2, yozda UTC+3)

ISO 3166-2 kodi

UA-43

Telefon kodi

+380-65

Internet domeni

.crimea.ua; .cr.ua

Avtomobil raqamlari kodi

АК (oldin КР, КО, РК, МЯ, 01)

Rasmiy sayt
Qrim Muxtor Respublikasiga oid VikiOmbor turkumi
Koordinatalari: 44°56′53″ sh. k. 34°06′15″ sh. u. / 44.948056° sh. k. 34.104167° sh. u. (G) (O)

Qrim Muxtor Respublikasi — Qrim yarim orolida joylashgan muxtor respublika. Qrim Muxtor Respublikasining maydoni 26 ming km². Aholisi 1 967 119 kishi (2013). Poytaxti — Simferopol shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 tuman, 16 shahar, 56 shaharchaga va 950 qishloqqa boʻlinadi.

Qrim Muxtor Respublikasi 2014-yilgacha Ukraina tarkibida va boshqaruvi ostida boʻlgan. 2014-yil boshida Ukrainada boʻlib oʻtgan siyosiy oʻzgarishlardan keyin Qrim Muxtor Respublikasi Ukrainadan ajrab chiqib Rossiyaga qoʻshilish uchun referendum oʻtkazdi. Saylov Rasmiylariga koʻra, ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻlladi. Referendumdan soʻng Rossiyada mamlakat tarkibida ikki yangi subyekt — Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga ega Sevastopol shahri tuzish haqidagi qarorlar qabul qilindi.

Qrim va Rossiyaning bu harakatlarini Ukraina hukumati va gʻarb mamlakatlari qoralashdi va referendum natijalarini hamda Qrimning Rossiya tarkibiga qoʻshilganini tan olmasliklarini bildirishdi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiya va Qrimlik ayrim siyosatchilarga qarshi sanksiyalar eʼlon qildi. Rossiya boʻlsa Qrimni Rossiyaga tezkorlik bilan toʻliq integratsiya qilish uchun choralar koʻrishda davom etdi. Dini: Islom shuningdek Xristian


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search