Tehron

Tehron
تهران
poytaxt
35°42′0″N 51°25′0″E / 35.70000°N 51.41667°E / 35.70000; 51.41667
Mamlakat Eron
Ostan Tehron (Ostan)
Hukumat
 • Hokim Moxammed Bager Galibaf
Asos solingan mil.av. 6-ming yillik
Maydon 707 km2 (273 kv mi)
Markazi balandligi 1200 m
Rasmiy til(lar)i Forscha
Aholisi
 (2012)
8 778 535[1]
Zichligi 10 000 kishi/km2
Milliy tarkib forslar,
ozarbayjonlar,
mozandaronlar,
kurdlar,
arablar,
armanlar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar (96%),
masihiylar,
bahoiylar,
yahudiylar,
zardushtiylar
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 21
Pochta indeks(lar)i 13ххх-15ххх
Tehron تهران xaritada
Tehron تهران
Tehron
تهران

Tehron (forscha: تهران) — Eronning poytaxti, Osiyodagi eng katta shaharlardan biri.[2] Shahar atrofi (Katta Tehron) aholisini qoʻshganda Tehron aholisining soni rasmiy maʼlumot boʻyicha 13 million, norasmiy maʼlumotga koʻra 16 milliondir.[3] Aholisi soni boʻyicha Tehron jahonda 21-oʻrinda. Tehron Eronning siyosiy, iqtisodiy, transport, savdo va madaniy markazidir.

Tehron Eronning shimolidagi Elburs togʻining etagida, Kaspiy qirgʻogʻidan 90 km uzoqlikda joylashgan. Shahar gʻarbdan-sharqgacha togʻ yonbagʻri boʻyi bilan 40-50 kilometrga choʻziladi. Tehronning shimoliy tumani (Shemiran) dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashdan. Shahrning janubiy atrofi (Rey, Sultonobod) Kavir toshloq choʻliga yaqin.

Tehron Eronning avtomobil, elektronika, harbiy qurol-aslaha, yengil sanoat, qand, sement va kimyo sohalarining markazi hisoblanadi.[4] Shu bilan birga shahar mato va gilamlari bilan ham mashhur. XX asrda davlatning boshqa hududlaridan Tehron shahriga xalqlar ommaviy koʻchib kelishi keng avj oldi. Mahalliy aholisi forslar boʻlganligi sababli, Tehron aholisining 98 foizi fors tilida, qolgan 2 foizi arab, ozarbayjon, arman, kurd tillarida gaplashadi.

Tehron zamonaviy va katta qishloq sifatida tanilgan

  1. World Gazetteer: World - largest cities (per geographical entity), 2010-01-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2010-01-10
  2. Osiyoning eng katta shaharlari (rus.)
  3. [Samonaviy Tehron (rus.), 2012-10-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-26 Samonaviy Tehron (rus.)]
  4. [Eron yangiliklari (ingl.), 2012-10-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-26 Eron yangiliklari (ingl.)]

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search