The Weeknd

The Weeknd

The Weeknd 2021-yilda fotograf Bryan Ziffning obyektivida.
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Abel Makkonen Tesfaye
16-fevral, 1990-yil (1990-02-16)
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Kasbi qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, musiqiy produser va aktyor
Leybl XO va Republic Records
Janr alternativ R&B, pop
Faoliyat yillari 2009 — hozirgacha
Mukofotlari Yil kashfiyoti uchun „Juno“ mukofoti (2013)
Yilning eng yaxshi R&B/Soul yozuvi uchun „Juno“ mukofoti (2013)
Eng yaxshi zamonaviy Urban albomi uchun „Grammy“ mukofoti (2016)
"Kanada shon-shuhrat xiyoboni"ning Allan Slate mukofoti (2014)
American Music Awards (2015)
Peopleʼs Choice Awards
MTV Europe Music Awards (2016)
Billboard Music Awards
Yilning eng yaxshi ijrochisi uchun „Juno“ mukofoti (2015, 2016)
Veb-sayt theweeknd.com
Imzosi

Abel Makkonen Tesfaye (talaffuzi: Eybel Makkonen Tesfaye) (amh. አቤል መኮንን ተስፋዬ, 1990-yil 16-fevralda tugʻilgan) – kelib chiqishi efiopiyalik boʻlgan kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqiy prodyuser[1][2]. The Weeknd (talaffuzi: Uiknd) nomi bilan tanilgan. Uning mukofotlari orasida 4 ta Grammy Awards, 20 ta Billboard Music Awards, 22 ta Juno Awards, 6 ta American Music Awards, 2 ta MTV Video Music Awards, 1 ta Latin Grammy Award mukofotlari mavjud hamda Oscar va Primetime Emmy mukofotlariga nomzod sifatida qoʻyilgan.

Torontoda tugʻilib oʻsgan Tesfaye oʻz faoliyatini 2009-yilda YouTubeʼga anonim tarzda musiqalar joylashtirishdan boshlagan. Ikki yil oʻtgach, u XO leybliga asos soldi va oʻzining contemporary va alternativ R&B uslubi hamda shaxsiyatidagi sirlilikni tanitgan House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence miksteyplarini chiqardi[3]. 2012-yilda The Weeknd Republic Records bilan shartnoma tuzdi va Trilogy toʻplam albomida miksteyplarni qayta chiqardi. U AQSh Billboard 200 chartiga ikkinchi oʻrinda kirib kelgan Kiss Land (2013) studiyaviy albomida dark waveni oʻzi uchun kashf qildi. Albom chiqqanidan soʻng, Tesfaye film saundtreklariga ham oʻz hissasini qoʻshishni boshladi: uning „Earned It“ singli Fifty Shades of Grey (2015) ning „Eng yaxshi R&B ijrosi“ uchun Grammy mukofotiga sazovor boʻldi, shu bilan birga „Eng yaxshi original qoʻshiq“ uchun Oscar mukofotiga nomzod boʻldi[4].

Tesfaye AQSh da birinchi oʻrinni egallagan Beauty Behind the Madness (2015) nomli ikkinchi albomi bilan tanqidiy va tijoriy muvaffaqiyatlarga erishdi, tarkibida AQSh ning Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan „Canʼt Feel My Face“ va „The Hills“ treklari bor, „Eng yaxshi urban contemporary albom“ uchun Grammy mukofotini qoʻlga kiritdi va „Yil albomi“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi[5]. Uning trep yoʻnalishidagi uchinchi albomi Starboy (2016) ham xuddi shunday tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va xuddi shu nomdagi hamda „Die for You“ nomli AQSh dagi birinchi raqamli singllarni oʻz ichiga oladi va „Eng yaxshi urban contemporary albom“ uchun Grammy mukofotiga sazovor boʻldi. Tesfaye oʻzining tanqidiy eʼtiroflarga sazovor boʻlgan After Hours (2020) toʻrtinchi studiyaviy albomi orqali new wave va dream popni kashf qildi, uning tarkibida ketma-ket rekordlar oʻrnatgan „Blinding Lights“ singli va AQShda birinchi raqamli „Heartless“ va „Save Your Tears“ singllari mavjud[6]. Dance-pop The Weekndning beshinchi Dawn FM (2022) albomi yaratilishiga ilhomlantirgan boʻlib, unda AQShning eng yaxshi oʻntaligiga kirgan „Take My Breath“ singli mavjud. 2023-yilda u The Idol dramatik serialini yaratdi va bosh rolni ijro etdi, serial esa tanqidlarga uchradi.

75 milliondan ortiq treklari sotilgan dunyodagi eng koʻp sotilgan musiqa sanʼatkorlari qatorida turuvchi Tesfaye[7] bir qancha striming va Billboard chartlari rekordlariga ega[8][9]. U Amerika Yozuv Sanoati Assotsiatsiyasidan (RIAA) toʻrtta olmos bilan sertifikatlangan singlga ega birinchi kanadalik qoʻshiqchi, shuningdek, Hot R&B/Hip-Hop chartda bir vaqtning oʻzida eng yaxshi uch oʻrinni egallagan birinchi xonandadir[10][11]. „Blinding Lights“ Spotify tarixidagi eng koʻp tinglangan va Billboard Hot 100 tarixidagi eng yaxshi, shuningdek, Billboard Hot 100’da yakkaxon ijrochining eng uzoq vaqt davomida chartni boshqargan qoʻshigʻiga aylandi[12][13]. Tesfaye Time jurnali tomonidan 2020-yilda dunyoning eng nufuzli odamlari roʻyxatiga kiritilgan va 2023-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga koʻra „dunyoning eng mashhur xonandasi“ deb nomlangan[14][15]. Irqiy tenglik va oziq-ovqat xavfsizligi tarafdori, 2021-yilda Jahon oziq-ovqat dasturining Yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan[16][17].

  1. „Page 6 of Sex, Drugs and R&B: Inside The Weeknd's Dark Twisted Fantasy - Rolling Stone“. Rolling Stone (2015-yil 21-oktyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
  2. Sharf, Matt Donnelly,Zack; Donnelly, Matt; Sharf, Zack „'The Idol' Scandalizes Cannes With Five-Minute Standing Ovation for Lily-Rose Depp's Masturbating Pop Star, Explicit Nudity and the Weeknd's TV Acting Debut“ (en-US). Variety (2023-yil 22-may).
  3. „House of Balloons – The Weeknd“. Metacritic.
  4. Cox, Jamieson „Watch The Weeknd reenact the "Earned It" video on the Oscar stage“ (en). The Verge (2016-yil 28-fevral).
  5. „59th Annual GRAMMY Awards“. 59th Annual Grammy Awards (2017-yil 28-noyabr).
  6. McIntyre, Hugh „The Weeknd Scores The Largest Streaming Week Ever For An R&B Album“ (en). Forbes.
  7. Tyska, Jane. „Photos: The Weeknd plays Super Bowl LV halftime show“. The Mercury News (2021-yil 7-fevral).
  8. Lavin, Will. „Billie Eilish, The Weeknd and Bad Bunny among Spotify's most-streamed artists of 2020“. NME (2020-yil 1-dekabr).
  9. Aswad, Jem. „Bad Bunny, The Weeknd Top Spotify's Year-End 'Wrapped' Lists“. Variety (2020-yil 30-noyabr).
  10. Sadler, Armon „The Weeknd Becomes First Canadian Artist To Earn 4 Diamond Singles“ (en-US). VIBE (2022-yil 6-dekabr).
  11. Alston, Trey. „Soul Train Awards '20: Here's Why Each R&B/Soul Male Nominee Deserves The Top Spot – The Weeknd“. BET (2020-yil 19-noyabr).
  12. Trust, Gary. „Olivia Rodrigo's 'Drivers License' Leads Hot 100 for 8th Week, The Weeknd's 'Blinding Lights' Marks a Year in Top 10“ (2021-yil 8-mart).
  13. „The Weeknd's "Blinding Lights" Is Now the Longest-Charting Billboard Hot 100 Song of All Time“ (en). Complex.
  14. John, Elton (September 22, 2020). „THE 100 MOST INFLUENTIAL PEOPLE OF 2020 – The Weeknd“. Time.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  15. „The Weeknd is officially the world's most popular artist“ (2023-yil 20-mart).
  16. „U.N. World Food Programme Announces The Weeknd as Global Goodwill Ambassador“ (en). www.wfp.org (2021-yil 7-oktyabr).
  17. „WFP Goodwill Ambassador The Weeknd Raises $5 Million to Fight Global Hunger“. Web3Wire (2022-yil 1-dekabr).

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search