Umumjahon Adolat Uyi

en:Universal House of Justice

Hayfadagi Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi, Isroil

Umumjahon Adolat Uyi (arabcha: بيت العدل الأعظ‎, Bayt al-Adl-i-A’zam) Bahoiy E'tiqodining toʻqqiz aʼzodan iborat oliy boshqaruv organi hisoblanadi, zero Kitob-i-Aqdas qoidalariga ko‘ra, a’zolar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. U Bahoiy dinining asoschisi Bahoulloh tomonidan tasvirlangan bo'lib, oʻzgaruvchan sharoitlarga moslashuvchanlikni taʼminlovchi, Bahoiylik bitiklarida koʻrib chiqilmagan masalalar boʻyicha qonun chiqarishi mumkin boʻlgan institut sifatida ta'sis etilgan. Bahoiylar Umumjahon Adolat Uyini bexato organ deb bilishadi, Bahoullohning so‘zlariga ko‘ra: "Darhaqiqat Olloh ularni O‘zining irodasidan ilhomlantiradi...".[1] U birinchi marta 1963 yilda, keyin esa har besh yilda bir marta butun dunyo boʻylab Bahoiy milliy ruhiy majlislari aʼzolaridan iborat delegatlar tomonidan saylanib kelinadi.

Umumjahon Adolat Uyi din rahbariyati sifatida, avvalambor, qator ko'p-yillik rejalar, shuningdek, Rizvon bayramida e'lon qilinuvchi yillik nomalari orqali butun dunyo Bahoiy hamjamiyatiga yo'l-yo'riq ko'rsatadi. Bu nomalar Mahalliy Ruhiy Majlislar sonini ko‘paytirish, Bahoiy adabiyotini tarjima qilish, Bahoiy markazlarini tashkil etish, Bahoiy Ibodat Uylarini qurish, xalqaro anjumanlar o‘tkazish, hamda savodxonlikni, ayollarning rolini, bolalar va yoshlar ma’naviyatini, oilaviy hayotni, ijtimoiy va iqtisodiy ravnaqni, jamoaviy ibodat ruhini rivojlantiradigan ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan. [1] Umumjahon Adolat Uyi, shuningdek, Erondagi Bahoiylarga qarshi tizimli ta'qiblarga javoban butun dunyo ommaviy axborot vositalarining e'tiborini jalb qilishda ham o'z o'rnini egallaydi.[2]

Umumjahon Adolat Uyi tomonidan nashr etilgan kitoblar va hujjatlar vakolatli nufuzga ega va uning qarorlari Bahoiylar tomonidan xatosiz deb hisoblanadi.[3] Garchi, Bahoiy muqaddas bitiklarida ko'rsatilmagan masalalar bo'yicha qonunchilik vakolatiga ega bo'lsa-da, hozirgacha Umumjahon Adolat Uyi ushbu vazifani kamdan-kam hollarda amalga oshirgan.[4]

Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi va uning a'zolarining yashash joyi Isroilning Hayfa shahrida, Karmal tog'ining yonbaq'rida joylashgan. [1] Eng oxirgi saylov, 2023-yilning 29-aprelida boʻlib oʻtdi.[5] Garchi, Bahoiy E'tiqodida boshqa barcha saylanadigan va tayinlanadigan rollar erkaklar va ayollar uchun ochiq bo'lsa-da, Umumjahon Adolat Uyiga a'zolik faqat erkaklar uchun; Bahoiy bitiklarida buning sababi kelajakda aniq bo‘lishi aytib o‘tilgan. [1]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Smith 2000.
  2. Javaheri, Firaydoun (December 2018). „Constructive Resilience“. The Journal of Bahá'í Studies. 28-jild, № 4. Association for Bahá'í Studies. 7–22-bet. doi:10.31581/jbs-28.4.2(2018). ISSN 0838-0430. Qaraldi: Jan 5, 2023.
  3. The World of the Bahá'í Faith… The Universal House of Justice 2022.
  4. Khan, Peter J. (Dec 1999). „Some Aspects of Bahá'í Scholarship“. The Journal of Bahá'í Studies. 9-jild, № 4. Association for Bahá'í Studies. 51-bet. doi:10.31581/jbs-9.4.3(1999). ISSN 0838-0430. Qaraldi: Jan 5, 2023.
  5. Baháʼí International Community 2018.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search