Yangi Kaledoniya

Yangi Kaledoniya
Nouvelle-Calédonie
ShiorTerre de parole, terre de partage
Madhiya: Soyons unis, devenons frères[1]
Location of Yangi Kaledoniya
Poytaxt Numea
22°16′S 166°28′E / 22.267°S 166.467°E / -22.267; 166.467
Rasmiy til(lar) fransuz
Yetakchilar
• Prezident
Emmanuel Macron
• Hukumat prezidenti
Louis Mapou
Maydon
• Butun
18,576 km2
• Suv (%)
1.6
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
271 407[2] (184-oʻrin)
• Zichlik 14.5/km2
YIM (nominal) 2019-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$9.44 milliard[3]
• Jon boshiga
AQSh$34,780[3]
Pul birligi CFP franki (XPF)
Vaqt mintaqasi UTC+11
Telefon prefiksi 687
Internet domeni .nc

Yangi Kaledoniya (fransuzcha: Nouvelle-Calédonie) — Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Maydoni 19,1 ming km2. Aholisi 271 407 kishi (2019)[2], asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri. Rasmiy tili — fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774-yil 4-sentabrda yevropaliklardan James Cook borgan.[4] Yangi Kaledoniya 1853-yildan Fransiya mulki. 1984-yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985-yilgi saylovlardan so‘ng kongress (6 yil muddatga saylanadigan 54 ta aʼzo) boshqaradi. 1987-yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, qatnashuvchilarning 98 % Yangi Kaledoniyani Fransiya tarkibida qolishi tarafdori bo‘lgan.

Orollarning yer yuzasi vulqon jinslaridan tuzilgan yassitog‘lik. Eng baland joyi — 1628 m. G‘arbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning o‘rtacha temperaturasi 24—26°C, iyulniki 20°C. Yillik yog‘in sharqida 3000mm, g‘arbida 700 mm yog‘adi. Yozda tropik dovullar bo‘ladi. Daryo ko‘p. O‘simlik dunyosi baland bo‘yli o‘tlar, siyrak igna bargli o‘rmonlardan iborat. Endemik o‘simlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Yangi Kaledoniya aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Sholi, maniok va makkajo‘xori ekiladi. Yog‘ochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.

  1. „La Nouvelle-Calédonie se dote d'un hymne et d'une devise“ (fr) (2010-yil 18-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „ISEE – Structure de la population et évolutions“.
  3. 3,0 3,1 „Evolution du PIB et du PIB par habitant“. Institut de la statistique et des études économiques (Isee). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  4. „Rapport annuel 2010“. IEOM Nouvelle-Calédonie. Qaraldi: 2013-yil 30-yanvar.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search