Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqi
Yevropa bayrogʻi
YI bayrogʻi
Shior: „In varietate Concordia“ (Kelishuv — har xillikda)
Madhiya: „An die Freude“ (Quvonch qasidasi)
Siyosiy markazlari  Belgium Brussel
 Lyuksemburg Lyuksemburg (shahar)
 France Strasburg
Aʼzo davlatlar YI aʼzolari roʻyxati
Rasmiy til YI rasmiy tillari roʻyxati
Hukumat
 — Yevropa kengashi prezidenti
 — Yevropa komissiyasi prezidenti

Donald Tusk
Jean-Claude Juncker
Asosi (Bitimlar)
 — Parij
 — Rim
 — Maastrixt
 — Lissabon

23-iyul 1952
1-yanvar 1958
1-noyabr 1993
1-dekabr 2009
Maydoni
 — umumiy
7-oʻrinda
4 324 782 km²
Aholisi (2010)
 — Zichlik
3-oʻrinda
501 064 211
115,9 kishi/km²
YIM (XQT)
 — jami
 — YIM/kishi
1-oʻrinda (2009)
14,793 trln $
29 729 $
YIM (nominal)
 — jami
 — YIM/kishi
1-oʻrinda (2009)
16,447 trln $
33 052 $
Pul birligi YI pul birliglari roʻyxati
Vaqt mintaqasi
 — yozgi vaqt
UTC 0 dan +2 gacha
UTC +1 dan +3 gacha
Domeni .eu
Telefon kodlari YI telefon kodlari roʻyxati
Rasmiy sayt https://europa.eu/

Yevropa ittifoqi (YI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati („Umumiy bozor“) nomi bilan atalgan. Yevropa Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 yil Maastrixt sh.da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliqlari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993 yil 1 noyabrdan kuchga kirgan. YIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002 yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. YI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Yunoniston, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002 yil yanvar). Qarorgohi Strasbur sh.da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999 yil 1 iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar.[1]

Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 27 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni oʻz ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qoʻshildi. Ikki yildan soʻng ular soniga Bulgʻoriston hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 davlatlardan iborat.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search