Jara

Jara (ruscha: Жара) — har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro musiqiy festival. 2016-yilda rossiyalik va ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqachi va tadbirkor Emin Agalarov tomonidan asos solingan. Festival ilk bor 2016-yil 9-10-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtgan. Festival Crocus Group tarkibiga kiruvchi Jara ekotizimining bir parchasidir. Festivalda 150 dan ortiq sanʼatkorlar qatnashgan boʻlib, kunlik 12 000 dan ortiq tomoshabinlarni, Rossiya hamda MDH davlatlaridan jami 150 000 000 dan ortiq teletomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan. Festivalning translyatsiyasi Birinchi kanalda berib borilishi belgilangan. Ushbu festivalning asosiy mehmonlaridan biri — Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search