2 results found for: “Budapest_Memorandum_”.

Request time (Page generated in 0.4288 seconds.)

Belgrad

(2000), Voices in the Shadows: Women and Verbal Art in Serbia and Bosnia, Budapest and New York: Central European University Press, 101-bet, ISBN 963-9116-62-9...

Last Update: 2024-01-05T04:00:46Z Word Count : 16064

View Rich Text Page View Plain Text Page

Rus Ukrаinа urushi

„Issue Brief #3: The Breach: Ukraine's Territorial Integrity and the Budapest Memorandum“. Woodrow Wilson International Center for Scholars. Qaraldi: 2022-yil...

Last Update: 2023-12-14T22:03:54Z Word Count : 3625

View Rich Text Page View Plain Text Page

Main result

Belgrad

Belgrad (/bɛlˈɡreɪd/bel-GRAYD; serbcha: Beograd; maʼnosi: „Oq shahar“) — Serbiya poytaxti va mamlakatning aholi eng zich yashaydigan shahri. Sava daryosining Dunayga quyilish joyida, Pannoniya tekisligi va Bolqon yarim oroli kesishgan nuqtada joylashgan. Dengiz sathidan 117 m balandlikda. 2022-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, poytaxt Belgrad aholisi 1,681,405 kishini tashkil qiladi. Dunay daryosi boʻyida aholi eng zich yashaydigan uchinchi katta shahardir. Belgrad Yevropadagi va dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir. Yevropaning tarixiy madaniyat markazlaridan boʻlgan Vincha madaniyati Belgrad hududida miloddan avvalgi VI ming yillikda paydo boʻlgan. Antik davrda bu hududda frakiyaliklar — daklar yashagan. Miloddan avvalgi 279-yildan boshlab keltlar shaharga koʻchib kelib joylashadi va bu yerga Singidun deb nom qoʻyishadi. Imperator Avgust hukmronligi davrida Singidun rimliklar tomonidan bosib olingan va II asr oʻrtalariga qadar Rim imperiyasi shahri maqomiga ega boʻlgan. Milodiy 520-yillarda hududga slavyanlar koʻchib kela boshlaydi. Shahar Vizantiya imperiyasi, Franklar imperiyasi, Bolgariya imperiyasi va Vengriya qirolliklari oʻrtasida qoʻldan-qoʻlga oʻtgan. 1284-yilda Serbiya qiroli Stefan Dragutin shaharni oʻz qarorgohiga aylantiradi. Stefan Lazarevich hukmronligi va vorisi Đurađ Brankovich davrida hudud Vengriya qirolligi tarkibiga kiradi. Chunki Vengriya qiroli Belgrad hududi evaziga Stefan Lazarevichni Serbiyaning yangi hukmdori sifatida tan olishi kerak edi. Natijada Janob George boshchiligidagi Serbiya Davlat Assambleyasi va Serbiya patriarxi Nikanon Belgradni vengerlarga hadya qilishga qaror qiladi. 1456-yilda Usmonli imperiyasi Vengriya qirolliga hujum qiladi va shahar qamal qilinadi. 1521-yilda Belgrad Usmonlilar tomonidan bosib olinib, Smederevo sanjoqbeyi qarorgohiga aylantiriladi. Tez-tez sodir boʻlgan Usmonli — Gabsburg urushlari natijasida shaharning katta qismi vayron boʻlgan va oxir-oqibat hukmronlik Gabsburglar qoʻl ostiga oʻtgan. Serb inqilobidan keyin Belgrad 1841-yilda Serbiya poytaxtiga aylandi. Shimoliy Belgrad hududlari 1918-yilgacha Gabsburglar imperiyasining janubiy chegarasi boʻlgan, chunki Avstriya-Vengriya imperiyasi hududlari birinchi jahon urushidan keyin parchalanib ketdi. Uning bir qismida serb, xorvat va slovenlar davlati — Yugoslaviya tuzilgan. 1918—2006-yillarda mavjud boʻlgan Yugoslaviya davlatining poytaxti Belgrad shahri edi. Strategik mavqega ega boʻlgan shahar 115 ta urushda qatnashgan, 44 marta vayron qilingan, besh marta bombardimonga uchragan va koʻp marta qamalda qolgan. Serbiyaning bosh shahri boʻlgan Belgrad mamlakatda maxsus maʼmuriy maqomga ega. Shahar markaziy hukumat, maʼmuriy organlar va hukumat vazirliklarining qarorgohi, shuningdek, deyarli barcha yirik Serbiya kompaniyalari, ommaviy axborot vositalari va ilmiy muassasalarning uyidir. Belgrad muhim strategik shahar sifatida qoʻshni davlatlarga siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy taʼsir koʻrsatadi. Shaharda dunyodagi eng katta sigʻimga ega shifoxona majmualaridan biri — Serbiya klinik markazi, eng katta pravoslav cherkovi — Avliyo Sava cherkovi va Yevropadagi eng katta sigʻimli yopiq arenalardan biri Shtark Arena joylashgan. Belgradda 1948-yildagi Belgrad konferensiyasi, Qoʻshilmaslik harakatining birinchi sammiti (1961), YXHTning birinchi yirik yigʻilishi (1977—1978), Eurovision qoʻshiq tanlovi (2008) oʻtkazilgan. Shuningdek, sport sohasidagi yirik xalqaro tadbir FINA suv sporti boʻyicha birinchi jahon chempionati (1973), UEFA Yevro (1976), Yozgi Universiada (2009) va uch marta (1961, 1975, 2005) EuroBasket kabi tadbirlar uchun Belgrad shahri tanlangan. Belgrad shahri 2023-yilning 21-iyun kuni Expo 2027 ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi mezbonligiga tasdiqlandi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search