ALGOL

ALGOL (inglizcha: Algorithmic language — „algoritmik til“)[1] — bir qancha dasturlash tillarining qisqartirilgan nomi. EHMda ilmiy-texnik masalalarni hal qilish uchun dastur tuzishda qoʻllaniladi. ALGOL inson tili bilan mashina tili oʻrtasida vositachidir. 1958-1960-yillarda ishlab chiqilgan (A-58, A-60), 1964-1968-yillarda takomillashtirilgan (A-68). Asosiy belgilari — oʻnli raqamlar, lotincha kichik va bosh harflar, tinish belgilari, arifmetik va mantiqiy amallar belgilari, boshqa maxsus belgilar, ingliz soʻzlari. ALGOLni mashina tiliga oʻtkazish uchun maxsus translator tuzilgan.

  1. (Algol 60 (Wayback Machine saytida 25 June 2007 sanasida arxivlangan)), and sometimes in all uppercase (ALGOL68 (Wayback Machine saytida 13 September 2014 sanasida arxivlangan)

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search