AQSh prezidenti

AQSh Prezidenti muhri.

Amerika Qoʻshma Shtatlari PrezidentiAQSh Konstitutsiyasiga muvofiq, AQSh davlat va ijroiy hukumat boshligʻi hamda AQSh armiyasi va floti bosh qoʻmondonidir.

AQSh Prezidenti AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan qonun loyihalariga (bill) veto lar kiritishga haqli.

Ushbu mansab AQSh Konstitutsiyasiga 1787-yil, yaʼni Konstitutsiya qabul qilingan yilda kiritilgan. Birinchi AQSh Prezidenti 1789-yil George Washington boʻldi.

Joriy AQSh Prezidenti - Joe Biden. U 2021-yil 20-yanvardan ushbu lavozimga 46-prezident boʻlib rasman kirishdi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search