Aktivizm

Parij kommunasidagi barrikada (1871-yil, mart)
Fuqarolik huquqlari aktivistlari 1963-yilning avgust oyida fuqarolik huquqlari harakati paytida ish va erkinlik uchun Vashingtondagi marshda ishtirok etishmoqda
Vashingtonda ayollar huquqlari harakati marshi (1970-yil, avgust)

Aktivizm jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish istagi bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yoki atrof-muhitga doir islohotlarni ilgari surishga qaratilgan saʼy-harakatlardir. Aktivizmning turli shakllari mavjud boʻlib, bularga misol qilib mandat yaratish (jumladan, gazetalarga xat yuborish), saylangan mansabdor shaxslarga petitsiya yoʻllash, siyosiy kampaniya yuritish yoki unga hissa qoʻshish, turli bizneslarga imtiyozli ravishda homiylik qilish (yoki boykot qilish), mitinglar, ochlik eʼlon qilish, ish tashlashlarni keltirib oʻtish mumkin.

Aktivizm bilan shugʻullanuvchi kishilar aktivistlar va aktivistkalar deb ataladi. Aktivizm va pragmatizm oqimi bir-biriga juda oʻxshash boʻlib, ularni farqlash muhim hisoblanadi.

Aktivizm harakatlari har kuni turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin, jumladan, sanʼat asarlari yaratish (artivizm), kompyuter tizimini buzish (xaktivizm) yoki shunchaki nimagadir pul sarflash (iqtisodiy aktivizm) ham aktivizmning turlariga misol boʻla oladi. Korxona ishchilarining ekspluatatsiya qilishiga norozilik bildirish sifatida kompaniyadan kiyim-kechak yoki boshqa tovarlar sotib olishdan bosh tortishni ham aktivizm namunasi deyish mumkin. Biroq eng koʻzga koʻringan va taʼsirchan kuchga ega boʻlgan aktivizm shakllari koʻpincha jamoaviy harakatlar koʻrinishida boʻladi[1]. Maqsadli, uyushgan va maʼlum vaqt davomida barqaror boʻlgan jamoaviy harakatlar ijtimoiy harakat hisoblanadi[2].

Qadimdan aktivistlar xabarlar tarqatish yoki ularni targʻib qilish hamda oʻquvchilarni oʻz ishlarining adolatliligiga ishontirish maqsadida turli adabiyotlar, jumladan, risolalardan foydalanganlar. Olib borilgan bir qancha tadqiqoqtlar shuni koʻrsatadiki, zamonaviy aktivizm guruhlari siyosatni texnologiya bilan uygʻunlashtirgan holda fuqarolar faolligini oshirish va jamoaviy harakatlarni osonlashtirish maqsadida ijtimoiy mediadan qanday foydalanish lozimligini oʻrganishga kirishdi[3][4]. Aktivistlar, asosan, ikki guruhga – chap qanot va oʻng qanot onlayn aktivistlariga boʻlinadi. Ular faoliyatlari davomida turli xil usullardan foydalanadilar. Hashtag aktivizmi va oflayn protest chap qanot aktivistlarda koʻproq uchraydi. Partizan ommaviy axborot vositalari bilan strategik ishlash, muqobil platformalarga oʻtish va asosiy ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish esa oʻng qanot aktivistlari orasida keng tarqalgan[5]. Bundan tashqari, fan va akademiyada chap qanot aktivizmining kuchayishi konservativlarning fanga boʻlgan ishonchini kamaytirishi mumkin[6]. Bundan tashqari, aktivizm va terrorizmni ham bir-biri bilan adashtirib yubormaslik muhim ahamiyat kasb etadi, aynan shuning uchun ham ular oʻrtasidagi mavjud farq „nozik chiziq“ deya taʼriflanadi[7].

  1. Tarrow, Sidney. Power in Movement: Social Movements and Contentious Politics, 2nd, Cambridge, UK: Cambridge University Press, 1998. ISBN 9781139076807. OCLC 727948411. 
  2. Goodwin, Jeff. The Social Movements Reader: Cases and Concepts, 2nd, Wiley-Blackwell, 2009. ISBN 9781405187640. 
  3. Obar, Jonathan (2012). "Advocacy 2.0: An Analysis of How Advocacy Groups in the United States Perceive and Use Social Media as Tools for Facilitating Civic Engagement and Collective Action". Journal of Information Policy 2: 1–25. doi:10.5325/jinfopoli.2.2012.1. 
  4. Obar, Jonathan (2014). "Canadian Advocacy 2.0: A Study of Social Media Use by Social Movement Groups and Activists in Canada". Canadian Journal of Communication 39. doi:10.22230/cjc.2014v39n2a2678. 
  5. Freelon, Deen; Marwick, Alice; Kreiss, Daniel (2020-09-04). "False equivalencies: Online activism from left to right" (EN). Science 369 (6508): 1197–1201. doi:10.1126/science.abb2428. PMID 32883863. Archived from the original on 21 October 2021. https://web.archive.org/web/20211021142705/https://www.science.org/doi/abs/10.1126/science.abb2428. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  6. Ince, Jelani; Finlay, Brandon M.; Rojas, Fabio (2018). "College campus activism: Distinguishing between liberal reformers and conservative crusaders" (en). Sociology Compass 12 (9): e12603. doi:10.1111/soc4.12603. ISSN 1751-9020. Archived from the original on 27 January 2022. https://web.archive.org/web/20220127120320/https://onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1111/soc4.12603. Qaraldi: 27 January 2022. Aktivizm]]
  7. Bohmer, Carol. Rejecting refugees: political asylum in the 21st century. Routledge, 2010 — 258-bet. ISBN 978-0-415-77375-1. OCLC 743396687. 

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search