Aleksandr

Aleksandr, Iskandar Maqduniy (qadimgi yunoncha: Ἀλέξανδρος ὁ Μέγας) (Sharq mamlakatlarida Iskandar) (mil. av. 356, Pella — 323.13.6, Bobil) — makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi.

Fayl:Alexander and Bucephalus – Battle of Issus mosaic – Museo Archeologico Nazionale – Naples BW.jpg
Alexander and Bucephalus — Battle of Issus mosaic — Museo Archeologico Nazionale — Naples BW
Ahamoniylar davlati xaritasi

Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning oʻgʻli. Aristoteldan taʼlim olgan, harbiy ilimni otasidan oʻrgangan. 336-yil Filipp II fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, Makedoniya taxtiga oʻtirgan.

334-yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi. Aleksandr qoʻshinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 ta kema boʻlgan.

Aleksandr Granik (334-yil), Iss (333-yil) va Gavgamela (331-yil) janglarida Doro III qoʻshinlarini yenggan. Aleksandr Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search