Ali Xomanaiy

Sayid Ali Husayniy Xomanaiy
fors. سید علی حسینی خامنه‌ای

Xomanaiy 2024-yilda
 2-Eron Oliy Rahbari
 
Mansab davri
1989-yil 3-iyun
Oʻtmishdoshi Ruhulloh Xumayniy
 3-Eron Prezidenti
 
Mansab davri
1981-yil 13-oktabr – 1989-yil 3-avgustgacha
Oʻtmishdoshi Muhammad Ali Rajoiy
Vorisi Ali Akbar Rafsanjoniy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-may 1939-yil (1939-17-07)
Mashhad, Eron
Fuqaroligi Eron bayrogʻi Eron
Siyosiy partiyasi Kurashuvchi kliriklar assotsiatsiyasi (1977—1979, 1987-h.v)
Islom Respublikasi partiyasi (1979—1987)
Turmush oʻrtogʻi Hojasta Homenei
Bolalari oʻgʻillari: Mujtabo, Mustafo, Maʼsud va Maysam
qizlari: Boshra va Xoda
Onasi Hoji Mirdamodiy
Otasi Javod Husayniy Xomanaiy
Alma mater Xuroson seminariyasi
Najaf Havzasi
Qum seminariyasi

Sayid Ali Husayniy Xomanaiy (forscha: سید علی حسینی خامنه‌ای, ozarbayjoncha: سید علی حسینی خامنه‌ای /Seyid Əli Hüseyni Xamenei; 1939-yil, 17-iyul; Mashhad, Eron) — eronlik siyosiy va diniy arbob. Eron Oliy Rahbari, Oyatulloh. 1981—1989-yillarda Eronning 3-prezidenti.

Ali Xomanaiy Oyatulloh Ruhulloh Xumayniyning shogirdidir. Xomanaiy 1962-yilda Xumayniy rahbarligidagi islom harakatiga qoʻshilgan. 1963-yildan bir necha marta qamoq va surgunda boʻlgan. 1979-yilgi shohga qarshi inqilobda Mashhaddagi islom harakatiga boshchilik qilgan. Eronda monarxiya agʻdarilgandan soʻng, 1979—80-yillarda Islom inqilobiy kengashi aʼzosi, mudofaa vaziri oʻrinbosari, „Islom inqilobi posbonlari“ korpusi qoʻmondoni, oyatulloh Xumayniyning Oliy mudofaa kengashdagi vakili lavozimlarida boʻlgan. 1980—81-yillarda Islom kengashi majlisi (parlament) deputati. 1981-yil oktyabridan Eron Islom Respublikasi prezidenti, Oliy mudofaa kengashi raisi. Xumayniy vafotidan soʻng, 1989-yil 4-iyundan Eron Islom Respublikasi Oliy Rahbari.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search