Amman

Amman
عَمَّان
Poytaxt shahar
Nicknames: 
  • Oq kaptar
  • Zinalar shahri
[1][2]
Mamlakat Iordaniya
Gubernatorlik Amman gubernatorligi
Munitsipaliteti 1909
Hukumat
 • Hokim Yousef Shawarbeh[3][4]
Hudud
 • Umumiy 1 680 km2 (600 sq mi)
Balandligi
1 100 m (3 600 ft)
Aholisi
 (2021)
 • Umumiy 4 061 150
 • Zichligi 00 024/km2 (00 063/sq mi)
Vaqt mintaqasi UTC+3
Pochta kodi 11110-17198
Veb-sayt ammancity.gov.jo

Ammon — Iordaniya poytaxti. Mamlakatning shimoli-gʻarbida, Zarqa vodiysida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. kishi (1998). Savdo, sanoat va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, tamaki, koʻnteri, oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalash, sut zavodlari, qandolatchilik fabrikasi) sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Universitet, arxeologiya va islom muzeylari bor. Shahar qadimda Rabot-Ammon nomi bilan mashhur boʻlgan, yunonlar va rimliklar hukmronligi davrida Filadelfiya deb atalgan. VII-IX asrlarda Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. X asrda xalifalik parchalangach, Misr va Suriyadagi turli davlatlar tasarrufida boʻlgan. 1516-1918-yillarda Turkiya sultonligi tarkibida. 1921-yilda Transiordaniya amirligi tuzilgach, uning poytaxti, 1946-yildan mustaqil Hoshimiylar podsholigining poytaxti. Shaharda mil. boshlariga oid teatr, ibodatxona binolari harobalari, arablar davrida qurilgan qal’a, XIX asrda bunyod etilgan saroylar, Al-Husayn masjidi (1924) va boshqa saqlangan. Hozirgi Ammanda 3-4 qavatli zamonaviy binolar qurilgan.

  1. Trent Holden, Anna Metcalfe. The Cities Book: A Journey Through the Best Cities in the World. Lonely Planet Publications, 2009 — 36 bet. ISBN 978-1-74179-887-6. 
  2. „Amman's Street Food“. BeAmman.com. 2015-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-sentyabr.
  3. „New Amman mayor pledges 'fair and responsible' governance“. jodantimes.com (2017-yil 21-avgust). 2018-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  4. „New Member: Yousef Al-Shawarbeh – Amman, Jordan“. globalparliamentofmayors.org (2018-yil iyun). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-dekabr.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search