Anshlyus

Anshlyus (nemischa: Anschluß — qoʻshib olish) — Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning Avstriyani oʻziga qoʻshib olishdan iborat zoʻravonlik siyosati. Anshlyus 1938-yil 11 — 12-martida fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi bilan yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945-yil aprelda, Ikkinchi jahon urushi davomida ozod etilganidan soʻng tiklandi va Anshlyusni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search