Arman yozuvi

Arman yozuvi — arman yepiskopi Mesrop Mashtots tomonidan 405 — 406 yillarda yunon va oromiy yozuvlar asosida yaratilgan. Unga 12-asrda 2 ta yangi harf kiritildi. Hozirgi Arman yozuvida 39 harf bor. Arman yozuvi tarixan takomillashib, yumaloq shakl ola bordi va tez yozish uchun moslashdi. Chapdan oʻngga tomon oʻqiladi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search