Bayrut

Bayrut
بيروت (arabcha)
Beyrouth (fransuzcha)
Flag of Bayrut
Coat of arms of Bayrut
Nickname: 
Sharqning Pariji[1]
Motto(s): 
Berytus Nutrix Legum (Lotin)
Beyrut, qonunlar onasi
Bayrut is located in Lebanon
Bayrut
Bayrutning Livandagi joylashuvi
Bayrut is located in Eastern Mediterranean
Bayrut
Bayrut (Eastern Mediterranean)
Bayrut is located in Asia
Bayrut
Bayrut (Asia)
Koordinatalari: 33°53′53″N 35°30′21″E / 33.89806°N 35.50583°E / 33.89806; 35.50583
Davlat  Livan
Gubernatorlik Bayrut
Hukumat
 • Gubernator Marwan Abboud
 • Mayor Abdallah Darwish
Hudud
 • Umumiy 67 km2 (30 sq mi)
Aholisi
 (2017)
 • Umumiy tax.  433 249
Vaqt mintaqasi UTC+2
 • Yoz (DST) EET
Hudud kodi +961 (01)
ISO 3166 kodi LB-BA

Bayrut (arabcha: بَيْرُوت) — Livan Respublikasining poytaxti. Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi sertepa yarim orolda joylashgan port. Iqlimi subtropik; yozi issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 14°, avgustniki 28°; oʻrtacha yillik yogʻin 900 mm. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990, shahar atrofi bilan).

Bayrut miloddan avvalgi XVIII asrda Beruta, Berit deb atalgan. Misr qoʻl ostida (miloddan avvalgi XV asrgacha), soʻngra xettlarga (miloddan avvalgi XIV asr), ossuriyaliklarga tobe boʻlgan. 635-yil arab xalifaligi tarkibiga kiritilgan. Bayrutni 1110-yilda salib yurishi qatnashchilari egalladi. XIV-XV asrlarda mamluklar qoʻl ostida boʻldi. 1516-yilda esa turklar tasarrufiga oʻtdi. Livan amiri Faxruddin II (1584 — 1635) zamonida rasman mustaqil davlatning markazi edi. XVII-XVIII asrlarda Bayrutni Livan amirlari hamda turk voliylari idora qildi. 1860-yil avgustda fransuzlar bosib oldi. 1920-yil 1-sentabrdan fransuzlar mandati ostida „Ulugʻ Livan davlati“, 1926-yildan Livan Respublikasining (1943-yil noyabrgacha fransuz mandati ostidagi) markazi. XX asrning 30 — 50-yillarida Bayrut Livandagi milliy ozodlik harakatining eng yirik markazlaridan biri boʻldi. 1943-yildan mustaqil Livan poytaxti.

Bayrut—yirik port, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Yakin va Oʻrta Sharqhamda Yevropa mamlakatlarining tranzit savdolari Bayrut orqali oʻtadi. Mamlakatning savdomoliya markazi. Davlatning 60% sanoat korxonalari shu yerda joylashgan. Toʻqimachilik, trikotaj, koʻn, oziq-ovqat (tamaki va boshqalar), metallsozlik sanoati tarmoqlari rivojlangan. Bayrut orqali chetga sitrus mevalari, olma, zaytun moyi, xom ipak, jun chiqariladi.

Bayrutda meʼmoriy yodgorliklardan Jome al-Umariy masjidi (1291-yilda qayta qurilgan), „Saroy masjidi“ (XVI asr boshi) va boshqa saqlangan. Bayrut asosan zamonaviy shahar; koʻp qavatli uylar, mehmonxona, bank va boshqa qurilgan. Bayrut markazida 3 katta maydon boʻlib, boshqa shaharlarga boradigan yoʻllar shu yerdan boshlanadi. Bayrutda universitetlar, Milliy kutubxona, Katta meʼmoriy muzey (sanʼat tarixi), Sursok muzeyi (zamonaviy sanʼat), kollejlar va boshqa bor.

  1. Cooke, Rachel. „Paris of the east? More like Athens on speed“. The Guardian (2006-yil 22-noyabr). 2022-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-mart.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search