Belarus tili

Belarus tili
Milliy nomi беларуская мова
Mamlakatlar Belarus
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 900 000
Alifbosi Belarusian Cyrillic alphabet
Til kodlari
ISO 639-1 be
ISO 639-2 bel[1]
ISO 639-3 bel

Belarus tili (belaruscha: беларуская мова) — Sharqiy slavyan tillaridan biri, belarus millatining tili. Belarus respublikasining davlat tili (rus tili bilan bir qatorda), Polshaning ayrim munitsipalitetlarida yordamchi til, Rossiya va Belarus oʻrtasida tuzilgan Ittifoqdosh davlatning rasmiy tili. Gaplashuvchilar soni 8 millionga yaqindir. Belarus tilining yozuvi kirill alifbosiga asoslangan boʻlib, juda kam va norasmiy holatlarda lotin alifbosidan ham foydalaniladi, arab alifbosidan deyarli foydalanilmaydi (undan polsha-litva tatarlari gʻarbiy rus tilida matnlarni yozish uchun foydalanishgan). Ikki variantdagi til qoidalariga ega. Asosiy qoʻllaniliuvchi rasmiy orfografiya (1933-yil joriy etilgan) va tarashkevitsa (shuningdek „klassik yozuv“ ham deyiladi, 1918–1933-yillarda rasman qoʻllanilgan, hozirda norasmiy va kam qoʻllaniladi)

Belarus tili
  1. (unspecified title)

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search