Bill English

Bill English
Yangi Zelandiya Bosh vaziri
Mansab davri
2016-yil 12-dekabrdan – 2017-yil 26-oktyabrgacha
Monarx Elizabeth II
Gubernator Patsy Reddy
Muxolifat yetakchisi
Mansab davri
2017-yil 26-oktyabrdan – 27-fevral 2018-yilgacha
Hukumat boshligʻi Jacinda Ardern
Oʻtmishdoshi Jacinda Ardern
Vorisi Simon Bridges
Mansab davri
2001-yil 8-oktyabrdan – 2003-yil 28-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Jenny Shipley
Vorisi Don Brash
Milliy partiya yetakchisi
Mansab davri
2016-yil 12-dekabrdan – 2018-yil 27-fevralgacha
Oʻtmishdoshi John Key
Vorisi Simon Bridges
Mansab davri
2001-yil 8-oktyabrdan – 2003-yil 28-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Jenny Shipley
Vorisi Don Brash
Yangi Zelandiya Bosh vazirining o’rinbosari
Mansab davri
2008-yil 19-noyabrdan – 2016-yil 12-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi John Key
Oʻtmishdoshi Michael Cullen
Vorisi Paula Bennett
Moliya vaziri
Mansab davri
2008-yil 19-noyabrdan – 2016-yil 12-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi John Key
Oʻtmishdoshi Michael Cullen
Vorisi Steven Joyce
Mansab davri
1999-yil 31-yanvardan – 1999-yil 22-iyungacha
Hukumat boshligʻi Jenny Shipley
Oʻtmishdoshi Bill Birch
Vorisi Bill Birch
Milliy partiya vitse-raisi
Mansab davri
2006-yil 27-noyabrdan – 2016-yil 12-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Gerry Brownlee
Vorisi Paula Bennett
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Simon William English

30-dekabr 1961-yil (1961-12-30)
Lumsden, New Zealand
Siyosiy partiyasi Milliy partiya
Turmush oʻrtogʻi Mary Scanlon
Bolalari 6

Simon William „Bill“ English (talaffuzi: Saymon Uilyam Inglish; 30-dekabr 1961) – Yangi Zelandiyaning 39-Bosh vaziri (2016—2017)[1][2][3][4][5][6]. John Key va Beshinchi Milliy hukumat davrida Yangi Zelandiya bosh vazirining oʻrinbosari va 2008-yildan 2016-yilgacha moliya vaziri boʻlib ishlagan.

Siyosatga kirishdan oldin fermer va davlat xizmatchisi boʻlgan. 1990-yilda Walles elektoratida Milliy partiyadan nomzod sifatida Yangi Zelandiya parlamentiga saylangan. 1996-yilda Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga koʻtarildi. 1999-yilgi umumxalq saylovida partiyasi magʻlubiyatga uchraganligi sababli bir yildan kamroq vaqt ishlagan. 1999-yilda moliya vaziri etib tayinlandi. 2001-yil oktyabr oyida Jenny Shipley oʻrniga milliy partiya rahbari va muxolifat rahbari lavozimini egalladi. 2002-yilgi umumxalq saylovlarida partiya magʻlubiyatga uchradi. 2003-yil oktyabr oyida uning oʻrniga Don Brash rahbarlik qildi.

Jon Key 2016-yil dekabrida Milliy partiya rahbari va bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqdi. English 2016-yil 12-dekabrda oʻtkazilgan rahbarlik saylovlarida raqibsiz gʻalaba qozondi va bosh vazir sifatida qasamyod qildi. Uning vakolat muddati bor-yoʻgʻi oʻn oy edi va uch oylik saylov kampaniyasini oʻz ichiga oldi. 2017-yilgi umumiy saylovda Milliy eng koʻp oʻrinlarni qoʻlga kiritdi, ammo koʻpchilik oʻrinni egallay olmadi. Kuchlar muvozanatiga ega boʻlgan partiyalar mavjud hukumatni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi. Leyboristlar partiyasi rahbari Jacinda Ardern uning oʻrnini egalladi. English 2018-yil 27-fevralda milliy partiya rahbari lavozimini va ikki haftadan keyin parlamentni tark etdi[7].

  1. „Bill English announces retirement from Parliament“. Scoop News (13-fevral 2018). Qaraldi: 13-fevral 2018.
  2. „Being English – National – NZ Herald News“. The New Zealand Herald. Qaraldi: 17-dekabr 2016.
  3. „The English Doctor – Carroll du Chateau“. The New Zealand Herald. 30-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2016.
  4. Temple, Philip. Templeʻs Guide to the 44th New Zealand Parliament. Dunedin: McIndoe Publishers, 1994 — 62-bet. ISBN 0-86868-159-8. 
  5. „Don Brash is the new leader of the National Party“ (28-oktyabr 2003). Qaraldi: 7-noyabr 2009.
  6. Rt Hon Bill English. 14-dekabr 2016.
  7. „Bill English announces retirement from Parliament“. Scoop News (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 13-fevral.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search