Birlashgan Millatlar Tashkiloti


BMT bayrogʻi

BMT emblemasi
Qisqartma BMT
Turi Xalqaro hukumatlararo tashkilot
Ishga tushgan sanasi 26-iyun, 1945-yil (1945-06-26)
Joylashuvi AQSH bayrogʻi Manhattan, New York shahri, AQSh
Bosh kotib António Guterres
BMT bosh kotibining oʻrinbosari Omina Jane Mohammed
BMT Bosh Assambleyasi raisi Kőrösi Csaba
BMT iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi raisi Kollen Wixen Kelapile
Aʼzolari

193 aʼzo davlatlar,

2 kuzatuvchi davlat
Vebsayti www.un.org
www.un.int
Til(lar)i
United Nations (Member States and Territories).svg

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot[2][3]. 1945-yil 24-oktyabrda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan. Hozirgi kunda 193 taga yetgan.

BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) New Yorkda joylashgan. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.

BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

2000-yil 6—8-sentyabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida „Mingyillik sammiti“ boʻlib oʻtdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy iqtisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuzyillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan tadbirlar belgilandi.

Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyada 2015-yilgacha taʼminlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga boʻlinadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va oʻz-oʻzini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva boʻlimi. BMT sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari koʻpchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay — 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993-yil 24-avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 193 davlat
    BMTga Aʼzo davlatlar
    BMT qoshidagi kuzatuvchi davlatlar (Falastin, Vatikan shahri)
    2 Aʼzo boʻlmagan davlatlar (Niue, Kuk orollari)
    17 oʻz-oʻzini boshqarish hududlari
    Antarktida (xalqaro hudud)

Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentyabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil oktyabr), BMT Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentyabr) da soʻzlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.

Oʻzbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda[4].

  1. Official Languages (Wayback Machine saytida 13-iyul 2021-yil sanasida arxivlangan), www.un.org. Qaraldi: 31-dekabr 2021-yil.
  2. „United Nations Charter“ (inglizcha). www.un.org (17-iyun 2015-yil). 18-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  3. „International Organization“ (inglizcha). National Geographic Society (23-dekabr 2012-yil). 2020-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search