Bukaramanga

Bukaramanga — Kolumbiya shim.sharqidagi shahar. Santander departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 350 ming kishidan ziyod (1990- yillar oʻrtalari). Bukaramanga orqali Magdalena dare vodiysiga chiqiladi. Paxta, pilla, kofe, tamaki, shakarqamish yetishtiriladigan rayon markazi. Tamaki, toʻqimachilik, oziq-ovqat, sement korxonalari, universitet bor. B.ga 1623-yilda asos solingan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search