Dahlar

Dahlar, daylar — (Qadimiy forscha: Dahā; Qadimiy yunoncha: Dáoi, Dasai; lotincha: Dahae; xitoycha: dānhā, Dahān) sharqiy eroniy xalqlardan biri bo'lib Markaziy Osiyo dashtlarida yashagan. Hozirgi Turkmanistonning janubiy, shuningdek, Oʻzbekistonning bir qismida yashagan. Dahlar dastlab Eron shohi Kserksning miloddan avval 486—480 yillarga oid bitigida qayd etilgan. Tarixchi Berosnnyat yozishicha, Kir II Oksus (Amudaryo) boʻylarida yashovchi koʻchmanchi dahlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan. Dahlar Iskandar Maqduniyning Markaziy Osiyoga yurishi (miloddan avval 330—327) ga oid voqealarda ham tilga olingan. Baʼzi farazlarga koʻra, dahlar Spitamenni Iskandarga tutib berganlar. Miloddan avval 3 — milodiy 1—2-asrlardagi yozma manbalar asosan, dahlarni Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy sohilida yashovchi aholi sifatida qayd etadilar. Dahlarning shimolida derbiklar yashashgan. Dahlar aparnlar (parnlar), ksantiylar va pissurlar kabi urugʻlarga boʻlingan. Atrek va Sumbar daryolarining quyi havzasi oʻrta asrlarda Dahiston — Dahlar mamlakati deb nomlangan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search