Doktorantura

cxcxcxcxcx xcxcxcx xcxcxc xcxcxcxcx
gghgfhf fdgfdg
cxzc

Doktorantura — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan doktorlari) tayyorlash shakli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismi va oliy bosqichi. D. Oʻzbekistan Respublikasi FA, vazirlik va idoralar tasarrufidagi ilmiy muassasalar, oliy oʻquv yurtlari va tashkilotlarda ochiladi. Obroʻli ilmiy maktablar, yetarli ilmiy salohiyat hamda zarur lab.tadqiqot bazalariga va Ixtisoslashgan ilmiy kengashga ega ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar qoshida fan va texnikaning eng muhim mutaxassisliklari boʻyicha fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, respublika va uning mintaqalarida ilmiytexnika taraqqiyoti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.

D.ga, odatda, himoya qilingan nomzodlik dissertatsiyaga mos mutaxassisligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasiga kamida 50% xajmda asos boʻla oladigan, ilmiy natijalari bilan salmoqli yutuqlarga erishgan, oʻzini qobiliyatli hamda istiqbolli ilmiy yoki ilmiy-pedagog xodim sifatida namoyon qilgan, fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va xalq xoʻjaligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muhim ilmiy muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega boʻlgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi. D.da oʻqish muddati tabaqalashtirilgan tarzda belgilanadi (1—3 yil) va u ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ish stajiga qoʻshiladi. Idora ichida va idoralararo maqsadli D. ham mavjud. Maqsadli D.ga tuzilgan shartnoma asosida muassasa va tash-kilotlar tomonidan yuboriladigan fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

D. asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, yaʼni doktorlik dissertatsiyasini Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoya qilish bilan yakunlanadi. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan tegishli fan sohasi boʻyicha „fan doktori“ ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi diplom topshiriladi.

Botir Mirzahmedov.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search