Donald Trump

Donald Trump

Rasmiy portret
45-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2017-yil – 20-yanvar 2021-yil
Vitse-prezident Mike Pence
Oʻtmishdoshi Barack Obama
Vorisi Joe Biden
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Donald John Trump

14-iyun 1946-yil (1946-06-14)
Queens, New York shahri, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Respublikachilar (1987-1999, 2009-2011, 2012-hozirgacha)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
  • Islohot (1999—2001)
  • Demokratlar (2001—2009)
  • Mustaqil (2011—2012)
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Ota-onasi
Istiqomat joy(lar)i Mar-a-Lago
Taʼlim Pennsylvania universiteti (bakalavr)
Kasbi
  • Siyosatchi
  • ishbilarmon
Mukofotlari Ellis orolining faxriy medali Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi
Vebsayti

Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp; 14-iyun 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, tadbirkor, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi va jamoat arbobi boʻlib, 2017-yildan 2021-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini bajargandir. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (inglizcha: The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi.[1]. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi.[2]

2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi.[3], biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi[4] 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi.[5] Donald Trump prezidentligi davrida koronavirus pandemiyasi oqibatida 700 million dollarga yaqin pul yoʻqotdi. Hozirda uning boyligi taxminan 2,3 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning tijorat koʻchmas mulkdan tushgan daromadi 2016-yildan 2021-yilgacha 26 foizga, kurortlardan tushgan daromadi esa 2015-yildan 2020-yilgacha 42 foizga kamaygan. Sobiq prezident boyligining kamayishi bundan oldin ham qayd etilgan va 2020-yilda 600 million dollarga kamayib, 2,5 milliard dollarni tashkil etgan. Oʻshanda uning deyarli barcha aktivlari millionlab dollarga pastlagan[6].

  1. „#450 Donald Trump“. Forbes. Qaraldi: 21-iyun 2009-yil.
  2. Trump, Donald J.. Time to Get Tough: Making America #1 Again. Regnery Publishing, 5-dekabr 2011-yil. ISBN 978-1-59698-773-9. 
  3. „Trump down on economy, up on McCain“. Cable News Network (18-sentabr 2008-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2008-yil.
  4. Дональд Трамп решил баллотироваться на пост президента США // «Яндекс» новости
  5. „Дональд Трамп начал борьбу за пост президента США“. Slon.ru (2015-yil 16-iyun). 7-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2015-yil.
  6. „Дональд Трамп президентлик даврида бойлигининг қанчасини йўқотгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 4-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март. (Wayback Machine saytida 4-avgust 2021-yil sanasida arxivlangan)

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search