Dow Jones sanoat indeksi

Dow Jones sanoat indeksi (lotincha: Dow Jones Industrial Average, qisqartirilgan holda DJIA; NYSE: DJI) — AQShning yetakchi kompaniyalari aksiyalari kursining Nyu-York birjasidagi oʻrtacha koʻrsatkichi, birja indikatori. Bu indeks dastlab 1884-yildan „DowJones end kompani“ firmasi tomonidan 11 kompaniya aksiyalari kursi buyicha „Uol strit jornel“da eʼlon qilinib borilgan.[1] 1928-yildan 30 ta kompaniya aksiyalari boʻyicha hisoblanib, muntazam matbuotda eʼlon qilib boriladigan boʻldi. Hozir Dow Jones indeksi aksiyalar kursining birja yopiladigan chogʻda har kungi oʻrtacha qiymatlarini koʻrsatadi, muayyan vaqtdagi aksiyalarning oʻrtacha narxi oldingi davrdagi narxga solishtiriladi. Mas, oldingi narx indeksi 10, 100 yoki 1000 birlik deb qabul qilingan boʻlsa, keyingi narx shunga taqqoslanib, narx oshsa, yangi indeks 10,6, 106,1, 1010,5 deb baholanishi mumkin. Aksiyalar kursi indeksining koʻtarilishi uning haridorlarini koʻpaytiradi yoki aksincha. Kompaniyalar aksiyalarining kurs indeksiga qarab iqtisodiy vaziyatga baho beriladi. Dow Jones indeksi faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy vaziyatga qarab ham oʻzgarib turadi.

DJIA eng qadimgi va eng mashhur aksiyalar indekslaridan biri boʻlsa-da, koʻplab professionallar Dow Jones S&P 500 yoki Russell 2000 indekslari kabi kengroq bozor indekslari bilan solishtirganda AQShning umumiy fond bozorini yetarli darajada aks ettirmaydi, deb hisoblaydilar.

Indeksdagi eng katta qulash 1987-yilndagi „qora dushanba“ kuni sodir boʻlgan, oʻshanda Dow Jones 22,6 % ni yoʻqotgan.[2]

  1. „The First 12 Dow Components: Where Are They Now?“. forbes.com. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  2. „Preliminary Observations on the October 1987 Crash“. archive.gao.gov. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search