Germaniya gerbi

Germaniya gerbi
Mamlakat Germaniya
Qabul qilindi 20-yanvar, 1950-yil (1950-01-20)
Dizayn oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda.

Federal gerb (nemischa: das Bundeswappen) Germaniya Federativ Respublikasining gerbida —oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda.[1].

Federal gerb va Germaniya federal burgutining tashkil etilishi 1950-yil 20- yanvarda tashkil etilishi boʻlib oʻtdi, ammo u faqat tavsifni oʻz ichiga oldi holos. Gerbning rasmi 1952-yil 4-yulda[2] qabul qilindi u 1928- yildagi Germaniya gerbi naqshini toʻliq takrorlaydi.

Burgut qalqonsiz tasvirlanishi ham mumkin, unda u federal burgut deb ataladi (nemischa: der Bundesadler) va bir nechta boshqa tasavvurlarga ega.

Shuningdek, „federal qalqon“ nomi ostidagi oʻzgacha dizaynga ega gerbda(nemischa: Bundesschild) burgut biroz boshqacha shaklga ega. Gerbning ushbu versiyasi faqat federal hokimiyat tomonidan (shu jumladan bayroqlarda) foydalanish uchun taqdim etiladi, uni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.

"Federal qalqon" — faqat federal hokimiyat tomonidan foydalanish uchun Gerbning bir varianti.
  1. „Bekanntmachung betreffend das Bundeswappen und den Bundesadler. Vom 20. Januar 1950.“. 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-aprel.
  2. „Bekanntmachung über die farbige Darstellung des Bundeswappens. Vom 4. Juli 1952.“. 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-aprel.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search