Global raqobatbardoshlik indeksi

2008—2009-yillardagi eng kuchli raqobatbardoshlik kuzatilgan davlatlar. Yashil – yuqori, qizil – past, kulrang – maʼlumot yoʻq.

Global raqobatbardoshlik indeksi – Xalqaro iqtisodiy forumning mamlakatlar boʻyicha raqobatbardoshlik darajasi hisobotidir.

Birinchi hisobot 1979-yilda nashr etilgan. 2004-yildan beri Global raqobatbardoshlik hisoboti mamlakatlarni Global raqobatbardoshlik indeksi asosida tartiblaydi. Raqobatbardoshlik indeksi mamlakatlarning oʻz fuqarolari uchun yuqori darajadagi farovonlikni taʼminlash qobiliyatini baholaydi. Bu, birinchi navbatda, mamlakat oʻz resurslaridan qanchalik samarali foydalanishiga bogʻliq. Shu bilan birga, erkin bozor sharoitida turmush darajasini saqlab qolish uchun, qoida tariqasida, mehnat unumdorligi va tovarlar/xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirish zarur.

Hisobotda raqobatbardoshlikning oʻn ikkita ustuni mavjud. Bular: muassasalar, Tegishli infratuzilma, Barqaror makroiqtisodiy asos, Yaxshi sogʻliqni saqlash va boshlangʻich taʼlim tizimi, Oliy taʼlim va malaka oshirish, Samarali tovar bozorlari, Samarali mehnat bozorlari, Rivojlangan moliyaviy bozorlar, Mavjud texnologiyalardan foydalanish qobiliyati, Bozor hajmi (ham ichki, ham xalqaro), Eng murakkab ishlab chiqarish jarayonlaridan foydalangan holda yangi va turli xil tovarlarni ishlab chiqarish, Innovatsiyalar.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search