Halab

Halab

arabcha: حلب
shahar
36°12′00″N 37°9′00″E / 36.20000°N 37.15000°E / 36.20000; 37.15000
Mamlakat Suriya
Muhofaza Halab (muhofaza)
Ilk eslatilishi mil.av. 2500
Avvalgi nomlari Xalman, Beroyya
Maydon 190 km2 (73 kv mi)
Markazi balandligi 390 m
Rasmiy til(lar)i arab tili
Aholisi
 (2016)
1,800,000
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +963 21
Halab xaritada
Halab
Halab

Halab (arabcha: حَلَبُ Ḥalab, qadimgi yunoncha: Βέροια, lotincha: Beroea, inglizcha: Aleppo) — Suriyaning eng katta shahri,[1] Halab muhofazasining markazi. Aholisi 2,301,570 kishi (2005) boʻlgan Halab Levantning eng katta shaharlaridan biridir.[2][3] Halab koʻp asrlar davomida Buyuk Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri va Usmonli imperiyasida Konstantinopol va Qohiradan keyin uchinchi katta shahar boʻlgan.[4][5][6]

Halab dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir; ayrim manbalarga qaraganda unga eramizdan avvalgi 6-ming yillikda asos solingan.[7] Halab janubidagi qazilmalar unda eramizdan avvalgi 3-ming yillikda odamlar gavjum yashaganini koʻrsatadi.[8] Halab shuningdek Mesopotamiyadan qolgan mix yozuvlarda tijoriy va harbiy rivojlangan shahar deya eslatiladi.[9] Uning bu qadar uzoq tarixi ehtimol shahar Oʻrta Yer dengizi va Mesopotamiya orasidagi strategik savdo yoʻlida joylashgani tufaylidir.

Halabning tarixiy ahamiyati uning Oʻrta Osiyo va Mesopotamiyadan oʻtgan Buyuk ipak yoʻlida joylashganidadir. 1869-yili Suez kanali ishga tushirilgach, savdo yoʻli dengizga koʻchib, Halab taraqqiyoti asta-sekin pasaya boshladi. Birinchi jahon urushidan keyin, Usmonli imperiyasi tanazzuli paytida Halabning shimoliy qismi Mosulgacha temir yoʻl bilan birgalikda zamonaviy Turkiyaga ajratildi. 1940-yillarda u Antokiya va Iskandarun shaharchalarini yana Turkiyaga berib, dengizga chiqish yoʻlini yoʻqotdi. Suriyaning keyingi muhosarasi shahar ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Biroq bu uning qadimiy meʼmorchiligi va anʼanalarini saqlab qolishga yordam bergan boʻlishi ham mumkin. Zamonaviy Halabda turizm rivoj topmoqda, qurilish ishlari ham jadallashgan. 2006-yili u „Islomiy madaniyat poytaxti“ unvoniga sazovor boʻldi.

  1. UN Data, Syrian Arab republic
  2. „UN Demographic Yearbook 2009“. 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-aprel.
  3. Expatify.com Navigating the Major Cities of Syria
  4. Encyclopedia of the Ottoman Empire
  5. Russell, Alexander (1794), The natural history of Aleppo, 2nd Edition, Vol. I, pp. 1-2
  6. Gaskin, James J. (1846), Geography and sacred history of Syria, pp. 33-34
  7. Columbia Encyclopedia, Sixth Edition (2010)
  8. The Oxford encyclopedia of archaeology in the Near East (1997)
  9. Britannica Concise Encyclopedia (2010)

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search