Hugo Duminil-Copin | |
---|---|
Duminil-Copin 2014-yil | |
Tavalludi |
26-avgust 1985-yil Châtenay-Malabry, Île-de-France, Fransiya |
Dafn etilgan joyi | Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Ish joylari | |
Taʼlimi | |
Akademik rahbarlari | Stanislav Smirnov |
Mukofotlari |
|
Veb-sayt | https://archive-ouverte.unige.ch/unige:18929 |
Hugo Duminil-Copin (talaffuzi: Yugo Dyuminil-Kopen) (1985-yil 26-avgustda tugʻilgan) — fransiyalik matematik, professor. Ehtimollar nazariyasi boʻyicha mutaxassis. Oliy ilmiy tadqiqot instituti va Jeneva universiteti professori. 2022-yilda Fields medali bilan taqdirlandi[1].
Duminil-Copin 1985-yil Parijda tugʻilgan. Otasi oʻrta maktabda sport oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Onasi esa boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, sobiq raqqosa boʻlgan. 2003—2005-yillarda Parijdagi Louis-le-Grand litseyida, 2006—2007-yillarda esa Ilgʻor tadqiqotlar instituti va Paris-Sud universitetida tahsil olgan. 2008-yilda Jeneva universitetiga Stanislav Smirnov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini yozish uchun kelgan. 2008—2012-yillarda doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. Duminil-Copin 2012-yil 27yoshida Stanislav Smirnov rahbarligi ostida PhD darajasini olgan[2]. 2013—2014-yillarda Jeneva universitetida dotsent, keyinchalik esa professor lavozimiga tayinlangan[3]. 2016-yil Oliy ilmiy tadqiqot instituti professori[4], 2019-yildan beri Yevropa akademiyasi aʼzosi[5].
© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search