Iroq Kurdistoning mustaqilligi haqida referendum (2017)

Iroq Kurdistoning mustaqilligi boʻyicha referendum


Iroq Kurdistoni Iroqda joylashuvi      Iroq Kurdistonining rasmiy hududlari      Iroq Kurdistoni 2015-yilgi fuqaro urushi kezida bosib olingan hududlar      Iroq Kurdistoni daʼvo qilyatgan hududlar      Iroqning qolgan qismi

     Iroq Kurdistoni, Iroq hukumati nazoratida
Boʻlgan joyi Kurdiston
Sana 25-sentabr 2017-yil
Natijalar
Ovozlar %
Ha 3 159 517 91,83%
Yoʻq 281 098 8,17%
Jami ovozlar 3 440 616 100.00%
Roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar/kelish 4 581 255 75.1%


Iroq Kurdistoning mustaqilligi boʻyicha referendum 25-sentabr 2017-yili boʻlib oʻtgan[1]. Oldin referendumni 2014-yili oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo Kurdiston hududiy hukumati va Iroq federal hukumati qarama qarshiliklari boyis referendum keyinga qoldirildi (2014-yili rasmiy boʻlmagan referndum-soʻrovnoma oʻtkazilgan edi). Kurdlarning referendumni oʻtkazishiga Iroqning shimoliga IShID bostirishi ham xalal berdi, Iroq Harbiy kuchlarining askarlari ayrim tumanlarni tashlab ketdilar, keyinchalik Peshmer bosib olindi va asosan kurdlar kuchlari nazorat ostida boʻldi. Referendum Iroq Kurdistoni hududlarida oʻtkazildi va hamda Erbil tumanlari nazorat qilinyatgan hududlarida, xususan Kirkuk neft provinsiyasida[2].

2014 — 2017 yillar davrida referendum bir necha marotaba bekor qilingan edi, sababi kurdlar harbiy kuchlari, Iroq markaziy hukumati bilan Mosulni ozod qilinishida hamkor qilgan edilar. 7-iyun 2017-yili Iroq Kurdistoni prezidenti Masud Barzani Kurdiston demokratik partiyasi, Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi, Kurdiston Islom ittifoqi, Kurdiston Islom harakati, Kurdiston kummunistik partiyasi, Kurdiston mehnatkashlar partiyasi, Kurdiston mehnatkashlar va ishchilar partiyasi, Kurdiston rivojlanishi va islohotlanishi partiyasi, Erbil turkman roʻyxati, Iroq turkman fronti, Turkmaniston rivojlanishi partiyasi, Kurdiston parlamenti arman roʻyxati, Assiriya demokratik harakati va Assiriya-Haldey xalqaro kengashi vakillari bilan uchrashdi. Shu uchrashuvda Iroq Kurdistoni mustaqilligi boʻyicha referendum 25-sentabr 2017-yilga rejalashtirilindi[3].

  1. https://www.kommersant.ru/doc/3383624
  2. https://ria.ru/world/20170925/1505475527.html
  3. http://kurdistan.ru/2017/06/09/news-29566_Prezident_Barzani_na.html

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search