Ishlatuv tizimi

Ubuntu Linux ishlatuv tizimining ish stoli.

Ishlatuv tizimi (yoki operatsion tizimi) — kompyuterning asosiy dasturidir va boshqa dasturlar uchun platformasi. Zamonaviy kompyuterlarda ishlatuv tizimi BIOSdan keyin yuklanadi.

Bosh ishlatuv tizimlari oilalari:

Microsoft Windows macOS
Linux Solaris
FreeBSD, OpenBSD, NetBSD HP-UX
MS-DOS UNIX

Ishlatuv tizimi — kompyuter programmalarining yigʻindisidir. Ishlatuv tizimi(Operatsionnaya sistema)kompyuter va foydalanuvchi orasidagi koʻprik boʻlib, u foydalanuvchi uchun kompyuterni ishlatishni osonlashtiradi. U barcha kompyuterdagi programmalarga va kompyuterning har xil qismlari(hardware: printer, disk oʻqiydigan, harddisk, matritsa)ga link yaratadi. Shunda kompyuterdagi bitta ikonkani bosib biron programmani ochish mumkin. Avvallari esa Ishlatuv tizimi buyruq oynalaridan iborat boʻlgan. U paytlar faqat oynada buyruqni yozib keyin programmani ochish mumkin boʻlgan. Hozirgi Ishlatuv tizimlari oson va qulayroq. Sichqonchani programma ikonkasiga olib borib bir yoki ikki marta bosish bilan programmani ochish mumkin.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search