Janubiy Amerika

Janubiy Amerika
Maydoni 17,850,000 km²
Aholisi 420,458,044 (2016)
Aholi zichligi 21.4/km2
Etnoxoronim Janubiy Amerikalik
Davlatlar 13 ta
Tillar ispancha, portugalcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa va boshqa asosiy tillar
Vaqt mintaqalari UTC-2dan UTC-5gacha
Yirik shaharlar São Paulo
Lima
Bogotá
Rio de Janeiro
Santiago
Karakas
Buenos Aires
Salvador
Brazilia
Fortaleza

Janubiy Amerika — Gʻarbiy yarimsharning janubiy qismidagi materik, Amerika qitʼasining janubiy yarmi.[1][2] Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okeani oʻrab turadi. Shimolida Panama boʻyni orqali Shimoliy Amerika bilan tutash, janubida Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos orollari kiradi.

Maydoni 17,85 million km², orollar bilan birga hisoblaganda esa 18,28 million km². Aholisi 420 millionni tashkil qiladi aholisi soni boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda (Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikadan keyin) turadi.

  1. „South America“. Encyclopædia Britannica.
  2. „Map And Details Of All 7 Continents“. worldatlas.com. — „In some parts of the world students are taught that there are only six continents, as they combine North America and South America into one continent called the Americas.“. Qaraldi: 2-sentabr 2016-yil.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search