Jizzax viloyati

Jizzax viloyati
viloyat
Maʼmuriy markazi Jizzax
Yirik shaharlari Jizzax, G'allaorol, Gagarin, Paxtakor,Zarbdor, Zomin
Asos solingan sanasi 1935-yil
Hokim Ergash Saliyev
Rasmiy tili o'zbek
Maydoni 21200 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 4200 m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-JI
Telefon kodi +99872
Pochta indeksi 130100
Avtomobil raqami kodi 25
Rasmiy sayti Rasmiy sayt
Xaritada
Jizzax viloyati xaritada
Jizzax viloyati, Xarita
Jizzax viloyati VikiOmborda
40°25′0″N 67°40′0″E / 40.41667°N 67.66667°E / 40.41667; 67.66667

Jizzax viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. 1973-yil 28-dekabrda viloyat sifatida tashkil etilgan. Shimoliy-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,2 ming km2. Aholisi 1 mln 483,1 ming kishi (2022.04). Jizzax viloyatida 12 ta tuman bor: Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol. 20 ta shahar va shaharchalar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol, Zarbdor, Zomin, Boʻston, Zafarobod, Oʻsmat, Uchquloch, Bogʻdon, Pishagʻar, Qoʻytosh, Sharq yulduzi, Arnasoy), 400 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2022). Markazi — Jizzax shahri.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search