Joe Biden

Joe Biden

Rasmiy portret (2021)
46-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2021-yil
Vitse-prezident Kamala Harris
Oʻtmishdoshi Donald Trump
47-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil
Prezident Barack Obama
Oʻtmishdoshi Dick Cheney
Vorisi Mike Pence
AQSh senatori (Delawaredan)
Mansab davri
3-yanvar 1973-yil – 15-yanvar 2009-yil
Oʻtmishdoshi J. Caleb Boggs
Vorisi Ted Kaufman
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Joseph Robinette Biden Jr.

20-noyabr 1942-yil (1942-11-20)
Scranton, Pennsylvania, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar (1969—hozirgacha)
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
  • Beau
  • Hunter
  • Naomi
  • Ashley
Ota-onasi
  • Joseph Robinette Biden Sr.
  • Catherine Eugenia Finnegan
Alma mater
  • Delaware universiteti (bakalavr)
  • Syracuse universiteti
Kasbi
  • Siyosatchi
  • huquqshunos
  • muallif
Imzosi
Vebsayti

Joseph Robinette „Joe“ Biden, Jr. (talaffuzi: Kenja Jozef Robinet Jo Bayden; 1942-yil 20-noyabrda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, 20-yanvar 2021-yildan AQShning 46-hamda amaldagi AQSh prezidenti[1]. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Biden bungacha 1973-yildan 2009-yilga qadar Delaver shtatidan senator hamda 2009-yildan 2017-yilga qadar 47-vitse-prezident vazifalarini bajargan.

Biden Pennsylvania shtatining Scranton shahrida tugʻilib oʻsgan. 1953-yili Biden oʻn yoshligida oilasi bilan Delaver shtatidagi New Castle Countyga koʻchib oʻtadi. U 1968-yilda Syracuse universitetini tamomlab, huquq boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Delaware universitetiga oʻqishga kirdi. 1970-yilda u New Castle County Kengashiga senator etib saylandi va buning ortidan AQSh tarixida oltinchi eng yosh senator boʻldi. Keyinchalik, 1972-yilga kelib, Biden Delawaredan AQSh senatori etib saylandi, bu paytda u 29 yoshda boʻlgan.

2008-yilgi prezidentlik saylovlarida Biden Barack Obamaning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, John McCain va uning yordamchisi Sarah Palin ustidan gʻalaba qozonishdi. Obama va Biden 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida Mitt Romney va uning yordamchisi Paul Ryan ustidan gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylanishdi.

Biden 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlib, AQSh prezident Donald Trump bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozondi.

  1. 'We must end this uncivil war,' Biden says, taking over a U.S. in crisis | Reuters

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search