June Huh | |
---|---|
Huh 2018-yil Xalqaro matematiklar kongressida | |
Tavalludi |
1983-yil Stanford (Kaliforniya), AQSh |
Dafn etilgan joyi | AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | |
Akademik rahbarlari | Mircea Mustață |
Mukofotlari | Fields medali (2022), MacArthur stipendiyasi (2022) |
June Huh (talaffuzi: Jun Xu) (koreyscha: 허준이) (1983-yil tugʻilgan) — koreyalik, amerikalik matematik. Princeton universiteti professori[1][2]. 2022-yilda Fields medali bilan taqdirlandi[3]. Huh algebraik geometriya va kombinatorika oʻrtasidagi bogʻliqliklarni aniqlagan[4].
Huh 1983-yilda Stanfordda tugʻilgan. Ota-onasi Stanfordda oʻqishni tamomlagach, Huh oilasi bilan Janubiy Koreyaga qaytib kelgan. Onasi rus tili va adabiyotidan, otasi esa statistikadan dars bergan. Maktab yillarida Huh matematikaga qiziqmagan aksincha u oʻzini yozish va sheʼriyatga bagʻishlagan. Asosan shaxsiy kechinmalarga bagʻishlangan koʻplab sheʼr va hikoyalar yozgan[5]. 2002-yilda Seul universitetiga oʻqishga kirgan, oʻqish paytida sheʼriyat bilan tirikchilik qila olmasligini tushunib, fizika va astronomiya boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy jurnalist boʻlishga qaror qilgan[6].
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date=
(yordam)
© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search