Kobul (shahar)

Kobul
کابل
Yuqoridan chapdan o'ngga:
Arg, Shah-Do Shamshira masjidi, Saxi ziyoratgohi, Zamonaviy Kobul, 2021-yildagi siluet
Nickname: 
Kobul (shahar) is located in Afghanistan
Kobul (shahar)
Kobul (shahar) is located in Asia
Kobul (shahar)
Koordinatalari: 34°31′31″N 69°10′42″E / 34.52528°N 69.17833°E / 34.52528; 69.17833
Davlat  Afgʻoniston
Viloyat Kobul
Tashkil topgan 1776-yil
Hukumat
 • Turi Munitsipalitet
 • Hokim Hamdullah Nomani
 • Hokim oʻrinbosari Maulvi Abdul Rashid[1]
Hudud
 • Umumiy 1 028,24 km2 (400 sq mi)
 • Quruqlik 1 028,24 km2 (400 sq mi)
Balandligi
1 791 m (5 900 ft)
Aholisi
 (2023-yil)
 • Umumiy 4,954 million
Vaqt mintaqasi UTC+4:30 (Afgʻoniston standart vaqti)
Pochta kodi
10XX
Telefon kodi (+93) 20
Veb-sayt km.gov.af

Kobul (dariycha: کابل) – Afgʻonistonning poytaxti. Kobul viloyatining maʼmuriy markazi. Kobul daryosi vodiysida, oʻrtacha 1820 m balandlikda, Asmon va Sherdarvoza togʻlari orasidagi vohada joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 26°, yiliga 317 mm yogʻin tushadi. Aholisi 750 ming kishi (2000). Ptolemey asarlarida Kobur shaklida uchraydi. Yunon-Baqtriya podsholigi, Kushon podsholigi, keyinchalik Eftaliylar davlati tarkibida boʻlgan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach (VI asr), Kobulni buddizm dinidagi mahalliy hokimlar (Kobul shoxlari) idora qilgan. VII asrda arablar, IX asrda safforiylar bosib olgan. Kobul Somoniylar, Gʻaznaviylar, Temuriylar davlatlari tarkibiga kirgan. Shahar 1221-yilda Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron qilindi. 1504-yil Bobur Kobulni oʻzi asos solgan davlatning poytaxtiga aylantirdi. 1738-yil Eron shohi Nodirshoh Afshar egalladi. Kobul 1747-yil Durroniylar davlati tarkibiga qoʻshib olindi. Temurshoh Durroniy davrida (177393) Kobul poytaxtga aylantirildi. Durroniylar davlati tugatilgach (1818), Kobul Kobul amirligining markazi boʻlib qoldi. 1825-yilda amir Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun qilib birlashtirishga harakat qildi, bu esa keyinchalik Afgʻoniston davlatini vujudga kelishida muhim rol oʻynadi. Birinchi (1838-42) va ikkinchi (1878-80) Angliya-Afgʻoniston urushlari davrida shaharning koʻp qismi buzildi. Sobiq shoʻrolar qoʻshinining 1979-yil dekabrda Afgʻonistonga tajovoʻz korona bostirib kirishi va 1992-yilda boshlangan ichki fuqarolar urushi davrida Kobul jiddiy zarar koʻrdi. Shaharni 19962002-yillarda mutaassib „Tolibon“ ichki muxolifat kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib borilgan aksilterror harbiy harakatlar tufayli Kobulda yana vayronagarchiliklar boʻldi.

Kobul – mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Bagrom harbiy aerodromi, xalqaro aeroport bor. Avtomobil yoʻllari orqali Pokiston, Hindiston, Eron, Oʻzbekiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlangan. Afgʻonistonning eksport va import mollarining asosiy qismi Kobul orqali oʻtadi. Kobul va uning atrofida toʻqimachilik (ip gazlama kombinati, jun va ipak gazlamalar, trikotaj f-kalari), oziq-ovqat, harbiy, yogʻochsozlik, mashinalarni taʼmirlash va metall buyumlar tayyorlash korxonalari, gugurt, koʻn poyabzal, gilam toʻqish fabrikalari, lak-boʻyoq, chinni, qurilish materiallari zavodlari, issiqlik elektr stansiyasi, shahar yaqinida GES bor. Mayda hunarmandchilik korxonasi koʻp. Kobul – qorakoʻl teri bilan savdo qilinadigan markaz.

Kobulda Fanlar akademiyasi, Tarix jamiyati, bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet, bosmaxona, teatr, Kobul tarix-etnografiya muzeyi, jamoat kutubxonasi ishlab turibdi. Kobul ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning koʻhna qismi Kobul daryosining janubiy sohilida. Meʼmoriy yodgorliklaridan Bolo-Hisor qalʼasi, Bogʻi Bobur, Temurshoh maqbarasi, Chihil Sutun bogʻi va saroyi, Muhammad Nodirshoh maqbarasi (XX-asr) va boshqa saqlangan.[2]

  1. „د اسلامي امارت په تشکیلاتو کې نوي کسان پر دندو وګومارل شول“. باختر خبری آژانس (2021-yil 4-oktyabr). 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search